Jom (soy)
Jom — Samarqand viloyati Nurobod tumanidagi soy. Zarafshon togʻ tizmasining tarmogʻi — Qoratepa togʻining gʻarbiy yon bagʻridan boshlanib, Jom choʻli boʻylab oqadi va Ayritomsoyga quyiladi. Uz. 20 km. J.ga yuqori qismida juda koʻp mayda soy kelib qoʻshiladi. Bu qismida vodiysi tor, yon bagʻirlari tik. Tekislikka chiqqach, vodiysi kengayadi, ikkita koʻhna qayir (terrasa) hosil boʻlgan. Soyning oʻzani sel keltirgan shagʻal va harsang toshlar bilan qoplangan. Asosan mavsumiy yomgʻir va buloq suvlaridan toʻyinadi. Bahor oylaridagi suv sarfi 3 m3/sek., yozda esa kamayadi, quyi oqimida umuman qurib qoladi.
Manbalar
uz.wikipedia.org