Jom (qishloq)
Jom — (kirillcha
ЖОМ ), Samarqand viloyati, Nurobod tumanidagi qishloq. Oʻzbekiston boʻyicha eng katta qishloqlardan biri hisoblanadi. „Jom“ soʻzi
bekat yoki
toʻxtab turish joyi degan maʼnolarni anglatadi. Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari chegarasida joylashgan. Janubda Chiroqchi tumanining Umakay qishlogʻi bilan chegaradosh. Qishloq aholisi tax. 35 ming kishidan ortiq(2023). Qishloq oʻz navbatida yuqori va pastki Jom qishloqlariga boʻlinadi. Qishloqda kattagina Jom bozori mavjud. Jom togʼlar bilan oʼralgan tabiati ayniqsa bahorda juda goʼzal.
Tarixi
Jomning qachon paydo boʻlgani aniq maʼlum emas. XVIII-XIX asrlarda Qarshidan Samarqandga olib boradigan eng xavfsiz yoʻllardan biri shu qishloqdan oʻtgan. Tarixda bu qishloq bir qancha qoʻzgʻolonlarga guvoh boʻlgan.
Iqtisodiy-ijtimoiy ahvoli
Aholi
Bu qishloqda asosan oʻzbeklarning
ors-saroy (saroy urugʻining bir tarmogʻi) urugʻiga mansub odamlar yashaydi. Aytishlaricha, ors-saroy „arslon saroy“ yaʼni „botir, jasur, sheryurak saroylar“dan olingan.
Iqtisodi
Qishloq aholisi asosan qishloq xoʻjaligi, chorvachilik bilan mashgʻul. Qishloq ayollari esa oʻz gilamlari bilan mashhur. Jom gilamlari viloyat hududi boʻyicha sotiladi. Qishloqda togʻ toshlarini qazib chiqaruvchi kon (kar’yer) ham bor. Ammo, mustaqillikdan keyin, sarmoyalar kamligi sababli unchalik unumlik faoliyat koʻrsatmaydi.
uz.wikipedia.org