JOM



JOM — 1) uy-ro’zg’or buyumi; ichi chuqur va yoyiq (keng) Zihi yuqoriga ancha ko’tarilgan to’garak shakldagi mis tog’ora; ba’zan 2 ta qulog’i ham bo’ladi. Xamir qorish, guruch ivitishda, quyuq ovqat solishda, to’y, marosimlar va boshqalarda foydalaniladi. Katta hajmliligi Qo’qon, Namanganda mis tog’ora, nisbatan kichik turi Jom deb ataladi; 2) metall qadah (kosa, piyola).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz