Jo‘ka




Joʻka (Tilia) — joʻkadoshlar oilasiga mansub buta va daraxtlar turkumi. Oʻzbekistonda 9 turi oʻstiriladi. 3 turi — yirik bargli J., mayda bargli J. va yuraksimon bargli J. dorivor hisoblanadi. Ular boʻyi 25 m gacha keladigan daraxtlardir. 300—400 yil usadi. Barglari uzun bandli, ketma-ket joylashgan. Gullari tarkibida efir moyi, S vitamin, karotin va b. moddalar bor. Quritilgan bargi va preparatlari terlatuvchi dori sifatida, shuningdek, damlamasi ogʻizni chayqash uchun ishlatiladi. Yogʻochi oq, yumshoq boʻlib, mebel, faner va b. tayyorlashda ishlatiladi.

Yana qarang




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz