Johnny Leverón
Johnny Harold Leverón Uclés (1990-yil 7-fevralda tugʻilgan) — Gonduras terma jamoasi futbolchisi, Gondurasning Nacional de Fútbol de Ligasida oʻynaydi.
Faoliyati
Klub
2008-yil dekabr oyida u „Motagua“ klubi bilan shartnoma imzoladi va klubda 2012-yilgacha oʻynadi. Leveron Gonduras chempionatidagi rasmiy debyutini 2009-yil 19-aprelda Motagua bilan San-Pedro- Suladagi Morathonga qarshi o‘yinda (3:6) toʻp surdi. Motagua bilan birga ligada 83 ta oʻyinda maydonga tushib, 9 ta gol urgan.
2013-yil yanvar oyida uning agenti xirijiy klublarg oʻtishni oʻy;ayotganligini maʼlum boʻldi. 2013-yilning fevral oyida u MLSda Vankuver Uaytkeps FC uchun oʻynash uchun shartnoma imzoladi.
2015-yilda Levenon Meksikaning Ascenso MX jamoasi Correcaminos UAT bilan shartnoma imzoladi.
Xalqaro
Leveron 2007-yilda Rio-Janeyroda boʻlib oʻtgan Panamerika oʻyinlarida Gondurasni himoya qilgan. U 17 yoshgacha boʻlganlar jamoasining sardori boʻlgan va oʻz jamoasi uchun uchta gol urgan. Shuningdek, u 2007-yilda Koreyada boʻlib oʻtgan FIFA U-17 Jahon chempionatida va 2009-yilda Misrda boʻlib oʻtgan FIFA U-20 Jahon chempionatida ishtirok etgan.
U Gonduras terma jamoasi safida debyutini 2010-yil aprel oyida Venesuelaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida o‘tkazgan va 2013-yil yanvar holatiga ko‘ra jami 22ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urgan. U oʻz mamlakatini FIFA Jahon chempionati saralash bosqichida bitta oʻyinda himoya qilgan va 2012-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan. U 2011-yilgi UNCAF Millatlar kubogida hamda 2011-yilgi KONKAKAF Oltin kubogida oʻynagan.
Faoliyat statistikasi
Xalqaro maydonlarda
Manbalar
uz.wikipedia.org