John Yzendoorn




John Yzendoorn (1955-yil 17-sentyabrda tugʻilgan) - Futbol boʻyicha Avstraliya chempionatida Heidelberg United, South Melbourne va Brunswick Juventus klublari safida oʻynagan sobiq professional futbolchi. Angliyada tug'ilgan, Xalqaro musobaqalarda Avstraliya sharafini himoya qilgan.

Klublardagi faoliyati



Yzendoorn oʻz faoliyatini Angliyaning „Preston North End” klubi safida boshlagan. Ammo 1974-yilda shartnoma bekor qilingan. Keyin u Morecambe klubi bilan shartnoma imzolagan. Yzendoorn keyinchalik Avstraliyaga ko'chib oʻtdi va 1979-yilda Melburn shahrining „Heidelberg United“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Ushbu klub safida to'rt mavsum harakat qildi. Yzendoorn 1983-yilda „South Melbourne“ klubi safiga qoʻshildi va 1984-yilgi chempionatda ushbu klub safida harakat qildi. South Melbourne bilan shartnomasi yakunlanganidan soʻng, 1986-yilda Brunswick Juventusga ko'chib o'tdi.

2009-yilda Yzendoorn South Melbourne klubining shon-shuhrat zaliga kiritilgan dastlabki futbolchilardan biriga aylandi.

Terma jamoadagi faoliyati



Yzendoorn xalqaro maydondagi debyutini 23 yoshida amalga oshirgan. Rudi Gutendorf tomonidan 1979-yilda Belgradning „Partizan“ klubiga qarshi ikkita o‘yinda ishtirok etish uchun tanlangan va har ikkala o‘yinda ham zaxiradan maydonga tushgan. 1980-yilda Chexoslovakiya terma jamoasiga qarshi 2:2 hisobi bilan yakunlangan bahsda yana zaxiradan maydonga tushdi. Yzendoorn o'zining terma jamoa safidagi birinchi va yagona golini o'sha yilning oxirida Sidneydagi Meksikaga qarshi boʻlib oʻtgan bahsda kiridi.

Yzendoorn 1982-yilgi jahon chempionati saralash bahslarida qatnashish uchun 1981-yilda Avstraliyaning uchun Avstraliya fuqaroligini olgan.

Yutuqlari



Heidelberg United klubi safida:

South Melbourne klubi safida:

Brunswick Juventus klubi safida:

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz