John Tucker




John G. Tucker (talaffuzi: Jon G. Taker, 1964-yil 29-sentyabrda tug‘ilgan) — Kanadalik, sobiq professional xokkeyning markaziy oʻyinchisi bo‘lib, 1980—1990-yillarda Kanada Milliy xokkey ligasida o‘n ikki mavsum o‘ynagan. Faoliyati davomida Buffalo Sabers va Tampa Bay Lightning jamoalarida 177 ta gol urgan. Shuningdek, 656 marta doimiy mavsum oʻyinlarida 259 golli uzatma va 31 pley-off oʻyinida yana 28 ochko jamgʻargan. U yana bir necha mavsum Italiya va Yaponiyada ham oʻynagan.

Jamoalardagi faoliyati



Tucker Buffalo jamaoasi tomonidan 1983 -yilgi NHLga draftida 31-oʻrinda jamoaga tanlangan va Kitchener Rangers jamoasiga qarshi kichik musobaqada oʻynagan. 1982-yilda jamoa Memorial kubogini qoʻlga kiritgan. Tucker 1983-yildan 1989-yilgacha Buffalo jamoasida oʻynagan. Uni 1990-yil 5-yanvarda Washington Capitals jamoasi sotib olgan. Keyingi mavsumda Tucker Italiya ligasining HC Asiago jamoasiga qoʻshildi va 36 oʻyinda 88 ochko toʻpladi. Shuningdek, u liganing eng yaxshi oʻyinchisiga beriladigan Trofeo Gazzetino mukofoti gʻolibiga aylandi.

1996—1997-yilgi mavsumda Tucker Italiyaga qaytib, Milano klubida oʻynagan. Keyingi uch mavsumda esa John Yaponiyaning Kokudo Keikaku jamoasi bilan oʻynagan.

Murabbiylik faoliyati



2006-yildan 2010-yilgacha Tucker oʻzining Italiyadagi jamoasi HC Asiagoda maslahatchi va vaqtinchalik murabbiy boʻlib ishlagan. 2010-yilda Tucker jamoaga bosh murabbiy etib tayinlangan.

2014-yil 17-aprelda Tucker Ontario Junior Xokkey Ligasining Buffalo Junior Sabers Junior A jamoasining bosh murabbiyi etib tayinlangan.

Shaxsiy hayoti



Tuckerning hozirgi kunda Florida shtatining Tampa va Italiyaning Asiago shaharlarida oʻz uyi bor.

Faoliyat statistikasi



Doimiy mavsum va pley-off oʻyinlari




Murabbiylik faoliyati statistikasi




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz