John Thompson
John Griggs Thompson (talaffuzi: Jon Griggs Tompson) (1932-yil 13-oktyabrda tugʻilgan) — amerikalik matematik. Tompson matematik-aljabrchi boʻlib, cheklangan guruhlarni oʻrganish boʻyicha ishlari bilan tanilgan. U Gainesville shahridagi Florida universitetining matematika kafedrasi professori. Thompson Fields medali (1970), Wolf mukofoti (1992) hamda Abel mukofoti (2008) bilan taqdirlangan besh matematikning biridir (Pierre Deligne, John Milnor, Jean-Pierre Serre hamda Grigoriy Margulis bilan bir qatorda).
Thompson 1932-yil 13-oktyabrda AQShning Ottawa shahrida tugʻilgan. 1955-yilda Yale universitetidan bakalavr darajasini olgan. 1959-yilda Chicago universitetida falsafa doktori ilmiy darajasiga nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan.
1962-yilgacha Tompson Harvard universitetida dotsent boʻlib ishlagan, soʻngra Chicago universitetining matematika kafedrasiga professor etib tayinlangan va u erda 1970-yilgacha ishlagan. Tompson Chicagodan keyin Cambridge universitetida matematika professori lavozimini egalladi va u yerda 23 yillik uzluksiz ishdan soʻng, AQShga qaytib bordi. AQSHda Florida universitetida professor oʻlaroq faoliyatini davom ettirdi.
Tompson Cambridge universitetining „faxriy matematik professori“ unvoni bilan bir qatorda Yale, Oxford va Illinois universitetlarida, shuningdek Ohio shtati universitetida „faxriy doktor“ unvoniga sazovor boʻlgan. Tompson AQSh milliy fanlar akademiyasi (1967), Amerika sanʼat va fanlar akademiyasi (1998), Norvegiya fan va adabiyot akademiyasining aʼzosi. London qirollik jamiyati va Italiya Fanlar akademiyasining xorijiy aʼzosi hisoblanadi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org