John Steinbeck




STEYNBEK (Steinbeck) Jon Ernst (1902.27.2, Salinas, Kaliforniya shtata — 1968.20.12, NyuYork) — amerika yozuvchisi. Ilk romani — "Oltin kosa" (1929). "TortilFlet kvartali" (1935) romani epizodlardan iborat boʻlib, unda materializmning gumanizmga salbiy taʼsirini koʻrsatishga harakat qilgan. "Va jangni boy berdilar" (1936) romani hamda "Sichqonlar va odamlar haqida" (1937) qissasi bilan tanilgan. "Nafrat uchquni" (1939) romani amerika adabiyetining mumtoz namunasi hisoblanadi. "Gʻazab shingillari" (1939), "Konservalar rastasi" (1945), "Adashgan avtobus" (1947), "Jannatdan sharqda" (1954), "Xavotirli qish" (1961) romani, "Amerikani izlash yoʻlida Charli bilan sayohat" (1962) ocherklar kitobi va boshqa asarlar muallifi. "Haybatli togʻlar" hikoyalar toʻplami oʻzbek tiliga tarjima qilingan (1963). Nobel mukofoti laureati (1962).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz