John Druce
John W. Druce (talaffuzi: Jon V. Druse) (1966-yil 23-fevralda tugʻilgan) — kanadalik sobiq professional xokkeychi. John Druce Milliy Xokkey Ligasida (NHL) „Washington Capitals“, „Winnipeg Jets“, „Los Angeles Kings“ va „Philadelphia Flyers“ xokkey jamoalarida oʻynagan.
Klublardagi oʻyin faoliyati
Yoshligida John Druce 1979-yilda Quebecdagi Xalqaro Pee-Wee xokkey turnirida „Peterborough“ klubining kichik xokkey jamoasi bilan oʻynagan.
John Druce junior huquqiga ega boʻlgan birinchi yilida „Peterborough Petes B“ jamoasida oʻynadi. John Druce keyingi mavsumda „Petes“ xokkey klubining asosiy jamoasi safiga qoʻshildi.
1985-yilda „Washington Capitals“ xokkey klubi safiga NHL kirish loyihasida 40-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi. Shundan soʻng, John Druce 1987—1988-yilgi mavsumni klubning filial jamoalari tarkibida oʻtkazdi. John Druce 1988—1989-yilgi NHL mavsumiga qadar „Capitals“ xokkey klubining asosiy jamoasi roʻyxatiga kiritilmagan edi.
John Druce 1989—1990-yilgi NHL mavsumida „Capitals“ xokkey klubiga birinchi konferentsiyaga chiqishiga yordam berdi.
„New York Rangers“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda John Druce xet-trik qayd etdi.
Ushbu uchrashuvdan keyin „Capitals“ klubi bosh direktori David Poile shunday dedi: „John Druce mening roʻyxatimning boshida emas edi. Qahramon bo‘lish uchun yo‘q joydan otilib chiqdi“.
John Druce 1992-yilda „Winnipeg Jets“ xokkey klubi safiga qoʻshildi. Undan soʻng, John Druce „Los Angeles Kings“ va "Philadelphia Flyers“ xokkey klublari safida maydonga tushdi. John Druce „Philadelphia Flyers“ xokkey klubi safida 1997-yilgi Stanley kubogi finalida „Detroit Red Wings“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda maydonda tushdi. John Druce faoliyatini yakunlashidan oldin Deutsche Eishockey Ligada ikki mavsum oʻynagan .
Keyingi faoliyati
Xokkeychilik faoliyatini yakunlaganidan soʻng, John Druce Rogers Sportsnetda xokkey oʻyini tahlilchisi boʻldi.
Faoliyat statistikasi
Manbalar
uz.wikipedia.org