John Donvan




John Donvan (1955-yilda tugʻilgan) jurnalist, teleboshlovchi va debatlar moderatori. Johnning eng koʻp sotilgan kitobi "In a Different Key: The Story of Autism" boʻlib, kitob Pulitser mukofoti bilan taqdirlangan.

Tarjimai holi



Donvan New York shahridagi Regis oʻrta maktabida oʻqigan. Soʻng Dartmuth va Columbia jurnalistikasi universitetini tamomlagan.

Faoliyati



John Intelligence Squared US forumining asoschisi hisoblanadi. U televizor orqali Oksford Ittifoqi uslubidagi munozaralarda jamoatchilikni qiziqtirgan jiddiy mavzular boʻyicha mutaxassislar bilan suhbat qilardi.

Donvan jonkuyar boshlovchi edi. U 2013-yil Vashingtonda SpeakeasyDC homiyligida oʻzining „Lose the Kid“ nomli birinchi bir kishilik shousini premyerasini oʻtkazdi.

Bundan avval John ABC News telekanalida muxbir sifatida faoliyat yuritgan. Jumladan, ABC Newsning Moskva va Londonda muxbiri, 1997-yil yanvarda tarmoqning Oq uy matbuot kotibi hamda 1998-yilda Nightline jurnalining asosiy muhbiri boʻlib ishlagan.

2016-yilda Donvan jurnalist va televizion yangiliklar prodyuseri Caren Zucker bilan hammualliflikda "In a Different Key: The Story of Autism" kitobini yozib tugatadi. Ushbu kitobda sovuqqon ona nazariyasi va autizm epidemiyasi ehtimoli muhokama qilinadi. Autizm tashxisi qoʻyilgan birinchi bola Donald Triplett boʻlib, kitobda uning ilk belgilari tahlil qilinadi.

Mukofotlari



Johnning translyatsiya ishi toʻrtta Emmy mukofoti, bir nechta Overseas Press Club mukofotlari, ikkita Cine Golden Eagles mukofotlarini qoʻlga kiritgan. Shuningdek, Osiyo-Amerikaliklar uchun Media Action Network tomonidan ham taqdirlangan. Yozuvchi sifatida esa „In A Different Key: The Story of Autismi“ nomli ilmiy kitobi uchun 2017-yilgi Pulitser mukofoti sovrindori boʻlgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz