John W. Riddle




John Wallace Riddle Jr. (1864-yil 12-iyul — 1941-yil 8-dekabr) — amerikalik diplomat.

Faoliyati



Riddl 1904-1905-yillarda AQShning Misrdagi bosh konsuli sifatida ishlagan. U 1905-yilda Ruminiya va Serbiyaga Favqulodda va Muxtor Elchi (qarorgohi Buxarestda) lavozimida ishlash uchun yuborilgan.

1906-yil 19-dekabrda AQSh prezidenti Teodor Ruzvelt Riddlni AQShning Rossiyadagi elchisi etib tayinlagan (1907-1909). Riddl 1907-yil 8-fevralda ishonch yorliqlarini topshirib, 1908-yil 8-sentabrgacha ushbu lavozimda xizmat qildi.

Keyinchalik AQSHning Argentinadagi elchisi (1922-1925) boʻlib ishlagan.

Shahsiy hayoti



Riddl Filadelfiyada Jon Uolles Riddl katta va Rebekka Bler Makklyurning oilasida dunyoga kelgan. U otasining bevaqt vafotidan keyin dunyoga kelgan. Bir necha yil oʻtgach, Rebekka Makklyur Charlz Yujin Flandroga turmushga chiqadi va Minnesota shtatidagi Sent-Polga koʻchib ketadi. Riddl u yerda ikki oʻgay aka-ukasi va oʻgay opa-singlisi bilan birga voyaga yetdi. U 1887-yilda Garvard universitetini tamomlagan, 1890-yilgacha Kolumbiya yuridik fakultetida tahsil olgan. 1893-yilgacha Siyosiy tadqiqotlar instituti va Parijdagi Fransiya kollejida xalqaro huquq, diplomatiya va xorijiy tillarni oʻrgangan.

1916-yilda Riddl amerikalik arxitektor va yirik boylik merosxoʻri Teodat Papa Riddl bilan oila qurdi.

U Konnektikut shtatining Farmington shahrida 77 yoshida vafot etdi.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz