Johannes Ertl




Johnny Ertl nomi bilan tanilgan Johannes Bruno Ertl (talaffuzi: Yoxannes Ertl; 1982-yil 13-noyabrda tugʻilgan) — Avstriyalik sobiq futbolchi, asosan yarim himoyachi sifatida oʻynagan

Faoliyatining asosiy qismini Ertl Sturm Graz, Crystal Palace, Sheffield United va Portsmouthda oʻtkazgan; 2015-yilda faoliyatini tugatgandan soʻng, Portsmouth FCning matbuot kotibi boʻldi, shuningdek, Portsmouthning 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar jamoasida yordamchi murabbiyi sifatida ham ishladi.

Faoliyati



Ilk faoliyati



Ertl oʻz faoliyatini SV Feldkirchen yoshlar jamoasida boshlagan, 1996-yilda Sturm Grazga qoʻshilgan. Klubning yosh toifalarida oʻynagan va 2003-yilda oʻz shahri klubi bilan professional shartnoma tuzgan. 2003-yilda SC Kalsdorf klubiga ijaraga kelib qoʻshildi.

„Qoralar“da himoya markazidan joy oldi va ijobiy oʻyinlaridan soʻng Avstriya terma jamoasiga chaqirildi va Vengriyaga qarshi oʻyinda 87-daqiqada Paul Scharnerning oʻrniga maydonga tushdi.

Crystal Palace



2006-yilning yozida Ertl „Blackies“dan Avstriya giganti „Austria Wien“ga oʻtdi va „binafshalar“ bilan ikki yil oʻynadi. Keyin esa Angliyaga, Crystal Palacega oʻtdi. Klubdagi ilk goli 2010-yil 14-fevralda Angliya kubogida Aston Villaga qarshi o‘yinda kiritilgan.

Sheffield United



Ertlning shartnomasi 2009—2010-yilgi mavsum oxirida tugadi va Sheffield United bilan shartnoma imzoladi. Ertl 2011-yilning mart oyida oyogʻidan olgan jarohat oldi va mavsumni ancha erta tugatishga majbur boʻldi. Mavsum oxirida jamoa quyi ligaga tushib qoldi.

Portsmouth



2012-yil 31-avgustda Ertl qisqa muddatli shartnoma asosida Portsmouthga qoʻshildi. Bir kun oʻtib debyutini oʻtkazdi, Oldham Athleticga qarshi oʻyinda (0:1) avtogol muallifiga aylandi. Yangi yil kuni unga sardorlik bogʻichi topshirildi, olding sardor Brian Howard jarohat tufayli safdan chiqdi. Ertl 2012—2013-yilgi mavsumni muxlislar tomonidan mavsumning eng yaxshi futbolchisi sovrinini olish bilan yakunladi.

Faoliyat statistikasi



2-may, 2015-yil

Yutuqlari




Individual



Portsmouth

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz