Johan Kriek




Johan Christiaan Kriek (1958-yil 5-aprelda tugʻilgan) nafaqadagi janubiy afro-amerikalik tennischi. Bundan tashqari u xayriya ishlariga ham faol hissasini qoʻshadi va dunyoning eng muhtoj oilalariga toza suv yetkazib berishga bagʻishlangan notijorat tashkilot boʻlgan Global Water Foundation asoschisi ham hisoblanadi.

Sport faoliyati



U Avstraliya ochiq chempionatida ikki karra gʻoliblikni qoʻlga kiritgan va France Open va US Open musobaqalarida yarim finalga, shuningdek, Wimbledonning chorak finaliga chiqqan sportchilardan biri sanaladi. Kriek 14ta professional yakkalik va sakkizta juftlik unvonlarini qoʻlga kiritgan va 1984-yil sentyabr oyida yakkalik bahslari boʻyicha dunyo tennischilari reytingida 7-oʻrinni egallagan.

U Pretoriyada joylashgan Afrikaanse Hoer Seunskool (Oʻgʻil bolalar uchun Afrika oʻrta maktabi, shuningdek, Affies nomi bilan ham tanilgan) davlat maktabida tahsil olgan.

Shaxsiy hayoti



Kriek 1982-yil avgust oyida Amerika fuqaroligini oldi. Hozirda u rafiqasi Daga va ularning bolalari Karolina va Kristian bilan Palm Beach Gardensda, AQSHning Florida shtatida istiqomat qiladi.

Murabbiylik faoliyati



Kriekning murabbiylik faoliyati Yevropa oʻsmirlar jamoasida professional tennischi boʻlishdan oldin boshlangan. U bir necha yillardan beri murabbiylik qiladi va oʻzining oʻziga xos dars uslubi bilan tanilgan. Shaxsiyatidagi hazilkashlik tuygʻusi va tennis sohasidagi chuqur bilimlari tufayli bolalar yaxshi koʻradigan va hurmat qiladigan murabbiyga aylantirgan. Kriek amerikalik emasligi uchun oʻz boshidan oʻtqazgan qiyin talabalik yillariniː chetdan kelgan talabalarda koʻp uchraydigan madaniy va psixologik muammolarni juda yaxshi bilardi. Kriekning Johan Kriek Tennis Academiyasiga olib keladigan eng yaxshi hissasi bu uning professional darajada tennischi ekanligi emas, balki har bir oʻquvchida gʻoliblik hissini uygʻota olishida edi.

Katta dubulgʻa finallari



Yakkalik: (2 ta nom)




Karyerasidagi finallar



Yakkalik bahslar (14 ta chempionlik, 13 ta ikkinchi oʻrin)




Grand Slam (Katta dubulgʻa) yakkalik oʻyinlari xronologiyasi




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz