Jogir




Jogir , joygir (fors. — joy ol) — Boburiylar saltanati davrida Hindistonda keng tarqalgan yer egaligi shakllaridan biri. J. egasi — jogirdor — J.dan undirilgan davlat soligʻining bir qismini olgan. Buning evaziga muayyan miqdorda qurollangan jodi otliqlar, artilleriya va yuk tashuvchi hayvonlar saqlashi hamda koʻproq, sugʻorish inshootlari qurishi va ularni taʼmir qilib turishi lozim boʻlgan. J. yerlari tez-tez almashtirib turilgan. 17-asrning 2-yarmidan boshlab J. yer egalarining xususiy mulkiga aylana boshlagan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz