Joey Dawson
Joey Dawson (2003-yil, 30-mayda tugʻilgan) — ingliz professional futbolchisi, Shotlandiya Premyer-ligasining „Celtic“ jamoasida faoliyat olib boradi. U yarim himoya yoki hujum pozitsiyalarida oʻynay oladi.
Klubdagi faoliyati
Scunthorpe United
Skuntorp shahrida tugʻilgan Dawson 8 yoshgacha boʻlgan Scunthorpe United akademiyasiga qoʻshilgan va 2019-yil may oyida ikki yillik stipendiyani olishni boshlagan. U 2019-yilning 13-avgustida atigi 16 yoshu 75 kunligida asosiy jamoada debyut qilgan va klub tarixidagi eng yosh futbolchiga aylangan. Glanford Parkda boʻlib oʻtgan EFL kubogining birinchi bosqichida "Derby County" klubiga qarshi 1:0 hisobida jamoasining magʻlubiyati bilan yakunlangan oʻyinning 74-daqiqasida John McAteening oʻrniga maydonga tushgan. Ikki oydan soʻng uni "Arsenal" kuzatib borayotgani xabar qilingandi.
Dawson Scunthorpe klubi safida boshqa raqobatbardosh oʻyinlarda maydonga tushmadi, lekin u klubning 18 yoshgacha boʻlgan yoshlar jamoasida muntazam oʻynashda davom etdi. Uning „Mansfield Town“ ustidan 3:2 hisobida jamoasi bilan gʻalaba qozongan oʻyindagi goli 2020-yil oktyabr oyining eng yaxshi goli uchun 10 ta nomzoddan biri boʻlgan. 2021-yilning aprel oyi yakuniga koʻra, yoshlar jamoasi safida 16 ta gol urgan holda, Derby County va Celtic klublari uni sotib olishga qiziqish bildirayotgan edilar.
Celtic
Dawson 2021-yil iyun oyida „Celtic“ bilan uch yillik shartnoma imzoladi. U 2021-yilgi Boxing Day kuni St Johnston klubiga qarshi oʻyinda debyut qildi.
Oʻyin uslubi
Dawson yarim himoyachi yoki hujumchi sifatida oʻynay oladigan koʻp qirrali oʻyinchidir.
Yutuqlari
Celtic Shaxsiy hayoti
Dawsonning otasi Andy Dawson „Scunthorpe United“da sobiq oʻyinchi, klub boshqaruvchisi va asosiy jamoa murabbiyi. Uning amakisi Michael Dawson — sobiq Premyer-liga futbolchisi va Angliya terma jamoasi aʼzosi. Yana bir amakisi Kevin Dawson Nottingham Forest va Chesterfield klubida oʻynagan.
Faoliyat Statistikasi
2022-yil, 3-mart holatiga ko'ra
Manbalar
uz.wikipedia.org