Joe Willock
Joseph George Willock (talaffuzi: Jozef Jorj Uillok) (1999-yil 20-avgustda tugʻilgan) — ingliz professional futbolchisi. Willock Angliya Premer-ligasining „Newcastle United“ klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Faoliyati
„Arsenal“ klubining yoshlar jamoasida tarbiyalangan Willock toʻrt yarim yoshida „Arsenal“ klubining yoshlar jamoasiga qoʻshilgan. Willock 2017-yilning 20-sentyabrida EFL kubugi doirasidagi „Doncaster Rovers“ klubiga qarshi kechgan uchrashuvda klub uchun asosiy tarkibda maydonga tushgan.
Arsenal
Willock Angliya Premer-ligasidagi oʻyinini 2018-yilning 15-aprelida „Newcastle United“ klubiga qarshi uchrashuvda oʻtkazdi. Willock 2018-yilning 29-noyabrida UEFA Yevropa Ligasi doirasidagi „Vorskla Poltava“ klubi bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda oʻzining birinchi golini kiritdi. Uchrashuv 3:0 hisobida „Arsenal“ klubining gʻalabasi bilan yakunlangan.
2019-yilning 12-sentabrida Willock „Arsenal“ klubi bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolaganini eʼlon qildi. 2020-yil 25-iyun kuni Willock Angliya Premer-ligasidagi ilk golini „Southampton“ klubiga qarshi oʻyinda (2:0) kiritdi.
Newcastle United
2021-yilning 1-fevralida Willock 2020—2021-yilgi mavsumning qolgan qismida ijara asosida „Newcastle United“ klubiga oʻtdi. 6-fevral kuni Willock „Sautgempton“ ustidan 3:2 hisobida gʻalaba qozongan debyut uchrashuvida 16-daqiqada gol urdi. „Tottenham“, „West Ham United“ va "Liverpool" klublariga qarshi oʻyinlarda Willock zaxiradan maydonga tushib, ketma-ket uchta gol urganidan soʻng, Willock „Leicester City“ klubiga qarshi oʻyinda boshlangʻich tarkibda maydonga tushirildi. Bu uchrashuvda Willock yana bir bor raqib darvozasini ishgʻol qildi. 14-may kuni Willock „Manchester City“ klubiga qarshi oʻyinda ham (4:3) gol urdi. 19-may kuni Willock ketma-ket oltinchi liga oʻyinida gol urdi va 21 yoshu 272 kunligida Premer-liga tarixidagi eng yosh futbolchiga aylandi, bu rekord Romelu Lukakuga tegishli edi. Toʻrt kundan soʻng, Premer-liga mavsumining soʻnggi kunida Willock yana gol urib, Alan Shearer tomonidan oʻrnatilgan ketma-ket oʻyinlarda gol urish boʻyicha klub rekordini yangiladi.
2021-yil 13-avgustda „Newcastle United“ klubi Willock bilan olti yillik shartnoma imzolaganini tasdiqladi. Shartnoma doirasidagi toʻlov miqdori 25 million funt sterling ekani xabar qilingan.
Shaxsiy hayoti
Willock Londonning Waltham Forest shahrida tugʻilgan. Willockning akalari Chris Willock va Matty Willock ham futbolchi hisoblanishadi.
Faoliyat statistikasi
Manbalar
uz.wikipedia.org