Joe Biden
Joseph Robinette „Joe“ Biden, Jr. (talaffuzi: Kenja Jozef Robinet Jo Bayden; 1942-yil 20-noyabrda tugʻilgan) amerikalik siyosatchi, 20-yanvar 2021-yildan AQShning 46- hamda amaldagi AQSh prezidenti. Demokratlar partiyasi aʼzosi boʻlgan Biden bungacha 1973-yildan 2009-yilga qadar Delaver shtatidan senator hamda 2009-yildan 2017-yilga qadar 47-vitse-prezident vazifalarini bajargan.
Biden Pennsylvania shtatining Scranton shahrida tugʻilib oʻsgan. 1953-yili Biden oʻn yoshligida oilasi bilan Delaver shtatidagi New Castle Countyga koʻchib oʻtadi. U 1968-yilda Syracuse universitetini tamomlab, huquq boʻyicha bakalavr darajasini oldi va Delaware universitetiga oʻqishga kirdi. 1970-yilda u New Castle County Kengashiga senator etib saylandi va buning ortidan AQSh tarixida oltinchi eng yosh senator boʻldi. Keyinchalik, 1972-yilga kelib, Biden Delawaredan AQSh senatori etib saylandi, bu paytda u 29 yoshda boʻlgan.
2008-yilgi prezidentlik saylovlarida Biden Barack Obamaning yordamchisi (vitse-prezident) sifatida qatnashib, John McCain va uning yordamchisi Sarah Palin ustidan gʻalaba qozonishdi. Obama va Biden 2012-yilgi prezidentlik saylovlarida Mitt Romney va uning yordamchisi Paul Ryan ustidan gʻalaba qozonib, ikkinchi muddatga qayta saylanishdi.
Biden 2020-yilgi saylovlarda Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod boʻlib, AQSh prezident Donald Trump bilan raqobatlashdi va gʻalaba qozondi.
Dastlabki hayoti
Joseph Robinette Biden Jr. 20-noyabr 1942-yili Pennsylvania shtatining Scranton shahridagi St. Mary shifoxonasida dunyoga keldi. Onasi — Catherine Eugenia „Jean“ Biden (qizlik familiyasi Finnegan), otasi — Joseph Robinette Biden Sr. Katolik oilada toʻngʻich farzand boʻlgan Bidenning bir singli — Valerie hamda ikki ukasi — Francis va James mavjuddir. Jean irland kelib chiqishga, Joseph Sr. Esa ingliz, fransuz va irland kelib chiqishga ega boʻlgan.
Saylov tarixi
Galereya
Biden 1950-yillarda
Biden va prezident Jimmy Carter, 1979-yil
Biden va prezident Ronald Reagan, 1984-yil
Biden Oq uyda, 1987-yil
Biden va Obama, 2012-yil iyul
Biden va Isroil bosh vaziri Benjamin Netanyahu (9-mart 2016-yil, Quddus)
Biden Barack Obama va Donald Trump bilan, (20-yanvar, 2017)
Biden 2019-yil mayida (Filadelfiya)
Nashrlar
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org