Joe Aribo




Joseph Oluwaseyi Temitope Ayodele-Aribo (1996-yil 21-iyulda tugʻilgan) — professional futbolchi, Premer-liganing „Southampton“ jamoasi va Nigeriya milliy futbol terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

U klubdagi faoliyatini Staines Townda boshlagan. Soʻngra Angliya futbol ligasida Charlton Athletic jamoasi bilan toʻrt yil oʻtkazgan. 2019-yilda u „Rangers“ bilan shartnoma imzolaydi va jamoasi bilan 2021-yilda Shotlandiya premer ligasini va bir yildan keyin Shotlandiya kubogini qoʻlga kiritdi.

Londonda tugʻilib oʻsgan Aribo oʻz merosi tufayli Nigeriya terma jamoasida oʻynaydi. U 2019-yilda oʻzining birinchi chempionligini qoʻlga kiritadi va 2021-yilgi Afrika Millatlar Kubogi uchun terma jamoa tarkibiga kiritiladi.

Klublardagi faoliyati



Staines Town



Aribo Isthmian ligasi Premer-divizionida Marcus Gayle qoʻl ostida „Staines Town“ jamoasida oʻynaydi va 2014-yilning aprelida klub akademiyasining eng yaxshi futbolchisi sovrinini qoʻlga kiritadi.

Charlton Athletic



Aribo sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtganidan soʻng 2015-yil sentyabrida „Charlton Athletic“ jamoasiga qo‘shiladi va 2016-yilning may oyida bir yillik shartnoma imzolaydi. U 2016-yil 16-oktyabrda The Valleyda bo‘lib o‘tgan EFL Trophy guruh bosqichida Crawley Townga qarshi o‘yinda Andrew Croftsning o‘rniga zaxiradan maydonga tushib, asosiy jamoada debyut qiladi. Uning EFL League Onedagi birinchi oʻyinini 17-dekabr kuni oʻz uyida „Peterborough United“ga qashi kechgan uchrashuvda oʻtkazadi va olti kundan keyin u jamoasi bilan shartnomasini 2019-yilgacha uzaytiradi.

Aribo faoliyatidagi ilk golini 2017-yilning 1-noyabrida EFL Trophy guruh bosqichida „Fulham“ga qarshi kechgan oʻyinda kiritadi. Uning ligadagi birinchi goli 23-dekabr kuni The Valleyda Bleckpoolga qarshi kechgan oʻyinda uriladi.

Aribo 2018-2019-yilgi mavsumning soʻnggi uchta oʻyinning barchasida gol uradi. 12-may kuni u pley- off yarim finalining birinchi o‘yinida Doncaster Rovers mehmoni bo‘lib, 2:1 hisobida g‘alaba qozonadi.

Rangers



2018-2019-yilgi mavsum oxirida Charlton tomonidan Ariboga yangi shartnoma taklif qilinadi, ammo u Shotlandiya Premer ligasining „Rangers“ jamoasi bilan toʻrt yillik shartnoma imzolashni afzal koʻrdi. U klubdagi debyutini 2019-yil 9-iyulda Yevropa ligasida Gibraltarning „St Joseph`s“ klubiga qarshi o‘yinda o‘tkazadi. Sakkiz kun oʻtgach, Ibrox ga qarshi kechgan oʻyinda u birinchi golini uradi. 25-sentyabr kuni u Livingston futbolchisi Ricki Lamie tufayli boshidan jarohat oladi va 20 ta chok qoʻyilib, bir oyga safdan chiqadi. Almondvaleda boʻlgan oʻyinda maydonga qaytib, 10-noyabr kuni ligadagi birinchi golini uradi.

Aribo „Rangers“ning 2020-2021-yilgi chempionlik mavsumida yettita gol uradi. May oyida u bosh murabbiy Steven Gerrard tomonidan maqtovga sazovor boʻldi. Chunki Livingstonda Borna Barisic ishtirok etmagan oʻyinda favqulodda chap qanot himoyachisi sifatida oʻynagan edi.

2021-2022-yillarda Aribo Yevropa Ligasining 17 ta oʻyinini oʻtkazadi va 18-may kuni „Eintracht“ga qarshi oʻyinda penaltilar seriyasida magʻlub boʻladi. Barcha musobaqalarda u 57 ta o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol uradi va 10 ta golga assistentlik qiladi.

Southampton



2022-yil 9-iyulda Aribo „Southampton“ga o‘tadi va to‘rt yillik shartnoma imzolaydi. 2022-yil 6-avgustda Aribo Premer-ligadagi debyutini „Southampton“ning „Tottenham“ga qarshi kechgan o‘yinida o‘tkazadi. Bir hafta oʻtgach, Aribo „Southampton“ tarkibidagi birinchi golini „Leeds United“ga qarshi oʻyinda kiritadi.

Xalqaro faoliyati



2019-yil avgust oyida Ariboni Nigeriya terma jamoasi bosh murabbiyi Gernot Ror Ukraina bilan o‘rtoqlik uchrashuviga chaqiradi. U 10-sentabr kuni Dneprdagi o‘yinda debyut qiladi va oʻyinning to‘rtinchi daqiqasidayoq gol uradi. 13-oktyabr kuni u Braziliya bilan oʻrtoqlik oʻyinida ham raqib darvozasiga gol kiritadi.

Kamerunda boʻlib oʻtgan 2021-yilgi Afrika Millatlar Kubogida Aribo jamoasi bilan guruh bosqichida ikkita gʻalaba qozonadi va Tunisga qarshi 1/16 finalda magʻlubiyatga uchraydi.

Oʻyin uslubi



Aribo — markazda yoki keng yarim himoyada oʻynay oladigan koʻp qirrali futbolchi. Texnik jihatdan tezkor, uzun oyoqlari bilan to‘pni raqiblardan himoya qila oladi. 2016-yil oktabr oyida so‘zlagan nutqida u o‘zining kuchli tomonlari to‘pni his qila olishi va maydonda yaxshi harakat qila olishida ekanligini aytdi.

Faoliyati statistikasi



Klub




Xalqaro




Yutuqlari



Charlton Athletic

Rangers

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz