Jobon Kurdiy
Abu Maymun Jobon al-Kurdiy[1][2] (arab. أبو ميمون جابان الكردي), shuningdek, Jobon Sahobiy (arabcha: جابان صَحَابِيٌّ) – Muhammad alayhissalomning sahobalaridan bo‘lgan.
Abu Nuaym Isfahoniy “Maʼrifat as-sahoba va fazoilihim” asarida Jobonning ismini tilga olgan. Jobonning sahobalik maqomi Ibn al-Asirning “Usdul-g‘oba fi ma’rifat as-sahoba” kitobida ham ikki marta zikr qilingan. Shuningdek, Ibn Hajar Asqaloniyning “al-Isoba fi tamyiz al-sahoba” kitobida uning 10 ta hadis rivoyat qilgani aytilgan.Ibn Nuqtaning “Takmila al-ikmol” kitobida ham uning nomi uchraydi.
Manbalar
uz.wikipedia.org