Jobir ibn Xayyom




Jobir ibn Xayyom (taxminan 721-813) — arab olimi. Turli sohalarda asarlar yozgan; ayniqsa alkimyoga doyr kitoblari mashhur. J.i.X. metallarning paydo boʻlish nazariyasini ishlab chiqqan (qarang Alkimyo). Uning asarlarida moddalarni xaydash, eritish, kristallash va b. amaliy ishlarning tasviriga katta oʻrin berilgan. Shuningdek, koʻp kimyoviy preparatlar (maye, achchiqtosh, toʻtiyo, kumush nitrat, novshadil, sulema va boshqalar)ni olish, metallarni eritish, gazlamalarni boʻyash usullari aniq bayon qilingan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz