Joau Lourenço




João Manuel Gonsalves Lourenço (1954-yil 5-martda tugʻilgan) – Angolalik siyosatchi, 2017-yil 26-sentyabrdan buyon Angolaning prezidenti. Avvalroq u 2014—2017-yillarda mudofaa vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. 2018-yil sentabrida u hukmron partiya boʻlmish Angola ozodligi uchun xalq harakati (MPLA) raisi boʻlgan. 1998—2003-yillarda partiyaning bosh kotibi sifatida ishlagan.

2010-yilgi Konstitutsiyaga koʻra, „umumiy saylovlarda eng koʻp ovoz olgan siyosiy partiya yoki siyosiy partiyalar koalitsiyasining milliy roʻyxatini boshqargan shaxs Respublika prezidenti va Ijroiya rahbari etib saylanadi“ (109-modda). MPLA 150 oʻrinning koʻpini qoʻlga kiritgach, Lourenço avtomatik ravishda 38 yil davomida hokimiyatda boʻlgan José Eduardo dos Santosning oʻrniga Angola prezidenti boʻldi. Lourenço 2017-yil 26-sentyabrda rasman qasamyod qildi.

Yoshligi



Lourenço 1954-yilda oʻn farzandli siyosatchi oilasida tugʻilgan. Uning otasi Sequeira João Lourenço (1923–1999) millatchi boʻlib, noqonuniy siyosiy faoliyati uchun Portugaliya Angolasida uch yil qamoq jazosini oʻtagan. Uning onasi Josefa Gonçalves Cipriano Lourenço (1928–1997) namibelik tikuvchi boʻlgan. U Bie provinsiyasi hamda Luandada boshlangʻich va oʻrta taʼlimni portugal tilida olgan.

Taʼlimi va harbiy faoliyati



Lourenço Luanda sanoat institutida tahsil oldi va keyinchalik 1974-yil avgust oyida Ponta Negrada ozodlik kurashida qatnashdi.

U harbiy faoliyatini Angola mustaqillik urushida portugallarga qarshi kurashdan boshlagan va Angola fuqarolar urushida MPLA aʼzosi sifatida jang qilgan. Lourenço artilleriya boʻyicha mashgʻulotlarni olib borgan va keyin MPLAda siyosiy ofitser boʻlgan. 1978-yilda Lourenço Sovet Ittifoqiga borib, Lenin nomidagi Harbiy-siyosiy akademiyada tahsil oldi, u yerda harbiy tayyorgarligini oshirdi va tarix fanlari boʻyicha magistrlik darajasini tamomladi. Keyinchalik u 1982-yilda Angolaga qaytib keldi. 1984-yilda Moxiko provinsiyasi gubernatori etib tayinlandi.

Siyosiy faoliyati




Lourenço 2003-yildan 2014-yilgacha Milliy Assambleyaning birinchi vitse-prezidenti boʻlgan. 2014-yil aprel oyida Mudofaa vaziri lavozimini egallagan va 2016-yil avgust oyida MPLA vitse-prezidenti etib tayinlangan. 2018-yil sentyabr oyida u Jose Eduardo dos Santos oʻrniga MPLA raisi boʻldi.

2016-yil dekabr oyida MPLA Lourençoni 2017-yilgi qonunchilik saylovlarida partiyaning eng yaxshi nomzodi sifatida belgiladi. U 2017-yilning 23-avgustida Angola Prezidenti etib saylandi va 26-sentabrda oʻz lavozimiga kirishdi. Lourenço mamlakat tarixidagi uchinchi prezident boʻlgan. 2018-yil 8-sentyabrda u 1975-yildan beri Angolaning hukmron partiyasi boʻlgan MPLA prezidenti etib saylandi va 5-partiya yetakchisiga aylandi.

Shaxsiy hayoti



Lourenço MPLA parlamenti aʼzosi va sobiq rejalashtirish vaziri (Minister of Planning) Ana Afonso Dias Lourenço bilan oila qurgan. U Vashingtondagi Jahon bankida 2016-yil oktyabrigacha ishlagan. Ularning olti farzandi bor va ularning barchasi hozirda MPLAda faol. Mahalliy Umbundu va portugal tilidan tashqari, u rus, ispan va ingliz tillarini biladi. U xalq orasida „Ti Mimoso“ va „JLo“ laqablari bilan ham tanilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz