Joau Feliks




João Félix Sequeira  — Portugaliya terma jamoasi futbolchisi . Futbolchi 1999 — yil 10 — noyabrda Viseu shahrida tugʻilgan. U hujumchi pozitsiyasida oʻynaydi va Ispaniyaning La Liga chempionatida Atletiko Madrid sharafini himoya qilib keladi.

Professional faoliyati



Benfika



U professional faoliyatini 2014-yilda Benfika B klubida boshlagan. U Benfika klubiga 2018-yilda kelib qoʻshilgan. U 2018-19-yilgi UEFA Yevropa Ligasidagi o‘yini bilan dong taratadi.

Atletiko Madrid



2019-yilning 3-iyulida u 126 million yevro evaziga La Liga jamoalaridan biri "Atletiko Madrid "ga oʻtdi. Ushbu transfer bilan Joau Feliks barcha davrlarning eng qimmat transferlari orasida beshinchi oʻrinni egalladi.

Chelse ijara



2023-yilning 11-yanvarida Félix 2022-23-yilgi mavsumning qolgan qismida Premer-liganing „Chelsi“ klubiga ijara asosida qo‘shildi va ko‘chishdan oldin „Atletiko“ bilan shartnomasini 2027-yilgacha uzaytirdi. Ertasi kuni u "Fulxem" ga qarshi oʻyinda (2:1) debyut qildi, oʻyinning 58-daqiqasida Kenni Tetega qarshi qoʻpolligi uchun qizil kartochka oldi va 3 ta oʻyinga chetlashtirildi.

Shaxsiy hayoti



Félix Portugaliyaning Viseu shahrida tug'ilgan. Uning ota-ona-onasi Karlos (otasi) va Karla (onasi) ikkalasi ham o'qituvchi. Uning Ugo ismli ukasi bor, u "Benfika"ning yoshlari safida o'ynaydi. Felixsning kumirlari Kaka va Rui Kosta edi. Félix portugaliyalik aktrisa Margarida Korseyro bilan yaqin munosabatda.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz