Joachim Adukor
Joachim Adukor (talaffuzi: Xoakim Adukor) (1993-yil 2-mayda tugʻilgan) — professional futbolchi, Qozogʻiston Premyer-ligasining "Aktobe " klubida markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. Ganada tugʻilgan, Liberiya terma jamoasi safida xalqaro maydonda qatnashadi.
Klubdagi faoliyati
Adukor markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. U ilgari Shvetsiyaning Allsvenskan jamoasi Gefleda, Portugaliya Segunda Ligasi jamoasi Trofenseda, Fransiyaning Beziers va Gretsiya futbol ligasida OFI Krit jamoalarida oʻynagan.
2017-yil 15-avgustda Adukor Bosniya Premyer-ligasining „Sarajevo“ klubi bilan shartnoma imzolagan. 2018—2019-yilgi mavsumda Adukor „Sarayevo“ bilan ichki dublni qoʻlga kiritib, Bosniya Premyer-ligasida ham, Bosniya kubogida ham gʻolib chiqgan. U Sarajevoni 2019-yilning iyun oyida klub bilan shartnomasi tugaganidan keyin tark etgan.
Sarajevoni tark etganidan koʻp oʻtmay, 2019-yil 1-iyulda Adukor Vengriyaning Nemzeti Bajnokság I klubi hisoblanmish Diósgyőri bilan shartnoma imzolagan. oradan bir yil oʻtib, 2020-yilning 8-sentyabrida u ikki yillik shartnoma imzolab, Sarajevo jamoasiga qaytgan. Adukor 2020-yil 13-oktyabrda Radnički Lukavachga qarshi kubok oʻyinida Sarajevoga qayta qoʻshilgandan keyin ilk oʻyinini oʻtkazgan.
Xalqaro faoliyati
2011-yil oktyabr oyida Adukor 2013-yilgi Afrika U20 chempionati oldidan Gananing 20 yoshgacha boʻlgan milliy terma jamoasi tarkibida ishtirok etish istagini bildirgan. 2012-yil iyun oyida u saralash musobaqasiga chaqirilgan.
2015-yil may oyida Adukor Gananing 23 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga Butun Afrika oʻyinlari va Olimpiya oʻyinlariga saralashda ishtirok etish uchun taklif qilingan.
2022-yil iyun oyida Adukor Liberiya fuqoroligini olgan va xalqaro maydonda Liberiya sharafini himoya qila boshlagan. U Liberiya terma jamoasi safida 2023-yil 13-iyun kuni Afrika Millatlar Kubogi saralash bosqichida Marokashga qarshi oʻyinda maydonga tushgan.
Faoliyat statistikasi
Klub
Yutuqlari
Sarajevo Manbalar
uz.wikipedia.org