Jo Hyeon-woo
Jo Hyeon-woo (talaffuzi: Cho Hyon U) (1991-yil 25-sentyabrda tugʻilgan) — janubiy koreyalik futbolchi, Ulsan Hyundai va Janubiy Koreya terma jamoasi darvozaboni.
Sun Moon universitetini tugatgandan soʻng, Jo 2013 K 1 ligasida Daegu FC tomonidan tarkbdga qoʻshib olingan. U oʻzining birinchi professional mavsumida jamoasi bilan quyi ligaga tushib ketgan. 2015-yilgi mavsumdan boshlab Jo Daeguning birinchi darvozaboniga aylangan va K Liga 2da eng yaxshi darvozabon deb topilgan. Nihoyat Daegu 2016-yilda K 1-Ligaga koʻtarilgan. Jo shuningdek, Teguning 2018-yilda Koreya FA kubogi sohibi bo‘lishiga hissa qo‘shgan.
Daegudagi muvaffaqiyatli karyerasidan so‘ng Jo 2020-yil 20-yanvarda Ulsan Hyundaiga qo‘shilgan.
Xalqaro faoliyati
Ilk faoliyat yillari
2015-yilning noyabr oyida Jo Janubiy Koreya terma jamoasiga murabbiy Uli Shtilike tomonidan Laos va Myanmaga qarshi 2018-yilgi Jahon chempionati saralashida oʻyinida ishtirok etish uchun chaqirilgan. U 2017-yilda EAFF E-1 futbol chempionatining milliy vakili sifatida tanlangan va musobaqaning eng yaxshi darvozaboni sovrinini qo‘lga kiritgan.
2018 FIFA Jahon chempionati
2018-yilning may oyida Jo Janubiy Koreyaning 2018-yilda Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati uchun dastlabki 28 kishilik tarkibiga kiritilgan. Dastlab uchinchi raqamli posbon sifatida tanlangan, Jo qolgan ikki darvozabondan boʻyi balandroq boʻlgani uchun asosiy tarkibda maydonga tushgan va shu tariqa tarixda ilk bor oʻzining yirik musobaqasida debyut qilgan. Shvetsiya va Meksikaga qarshi dastlabki ikki o‘yinlar Janubiy Koreyaning mag‘lubiyati bilan yakunlangan. Jo Germaniya terma jamoasiga qarshi oʻz darvozasidan toʻp oʻtkazib yubormasdan yettita seyv amalga oshirgan. Janubiy Koreya oʻyinda gʻalaba qozonganiga qaramay (Shvetsiya Meksikani 0:3 hisobida magʻlub etgani uchun) turnirni tark etgan. Janubiy Koreya F guruhida Germaniyani ortda qoldirib, uchinchi o‘rinni egallagan.
2018-yilgi Osiyo oʻyinlari
Jo 2018-yilgi Osiyo oʻyinlari uchun Janubiy Koreyaning 23 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga kiritilgan. U guruh bosqichida Bahrayn va Qirgʻizistonga qarshi ikkita oʻyinda maydonga tushib, gol oʻtkazib yubormagan. Jo Eronga qarshi 1/8 finalda ham maydonga tushgan, ammo bu oʻyinda jarohat olgan. O‘zbekistonga qarshi chorak finalda uning o‘rnini Song Bum-keun egallagan, biroq Song uchta gol o‘tkazib yuborgan. Jo yana yarim final va finalda maydonga qaytgan. U turnirda atigi ikkita gol oʻtkazib yuborib, Janubiy Koreyaning oltin medaliga hissa qoʻshgan va keyinchalik majburiy harbiy xizmatdan ozod etilgan.
Faoliyat statistikasi
Klub
Xalqaro
Yutuqlar
Daegu FC Ulsan Hyundai Janubiy Koreya U23 Janubiy Koreya Shahsiy yutuqlar Manbalar
uz.wikipedia.org