Júlio César




Júlio César Santos Correa (1978-yil 18-noyabrda tugʻilgan), Julio Sezar nomi bilan tanilgan, braziliyalik sobiq professional futbolchi, asosan markaziy himoyachi ampulasida o`ynagan va hozirda murabbiy sifatida faoliyat olib boradi.

Yigirma yil davom etgan professional faoliyati davomida u 12 mamlakatning 16 klubida o'ynagan, lekin Brazilyalik bo`lishiga qaramay Braziliyada hech qachon o'ynamagan. Ispaniya La Ligasida u 6 mavsum davomida jami 125 o'yin o'tkazib 6 gol urdi va 2000-yilda "Real Madrid" bilan Chempionlar ligasida g'alaba qozondi.

Faoliyati



Júlio César Maranyao shtatining San-Luis shahrida tugʻilgan. U Meksikada " Club América " bilan yoshlar jamoasida o'ynadi va Gondurasda CD Marathon bilan professional shartnoma imzolaydi.

17 yoshida Júlio César Ispaniyaning "Real Valyadolid " klubi bilan shartnoma imzoladi. U La Ligada 25 ta o'yin o'tkazdi, jamoasiga yettinchi o'rinni egallashiga va UEFA kubogiga yo'l olishiga yordam berdi va katta klublarning qiziqishini uyg'otdi.

Real Madrid



Júlio César 1999-yilning yozida "Real Madrid" tomonidan sotib olindi, birinchi yilida muntazam ravishda jamoada o'ynadi uning tarkibiga Ivan Helguera, Fernando Yerro va Aitor Karanka, shuningdek, Ivan Kampo ham kiradi. U Real Madridga UEFA Chempionlar Ligasida g'alaba qozonishlariga yordam berdi.

2000-yil oktyabr oyida “Milan” ga ijaraga berilganidan soʻng Júlio César italiyaliklarni tezda tark etib “ Real Sosedad ” bilan shartnoma imzoladi va Ispaniyaga qaytdi. Keyingi mavsumda u yana ijara asosida SL Benfika jamoasiga qo'shildi.

Bolton



FK Austria Wien bilan bir yillik mavsumdan so`ng, Júlio César 2003-yilda Valyadolidga qaytib keldi. Keyin Angliya Premer-ligasiga o'tib Bolton Wonderers bilan shartnoma imzoladi.

Sporting Kanzas Siti



2011-yilning 14-martida, Portugaliyada CS Maritimo bilan bir necha hafta o'tgach 32 yoshli Júlio César Oliy Liga futbol klubi Sporting Kanzas Siti bilan shartnoma imzoladi. Shartnoma shartlari noma'lum edi, ammo bosh direktor Piter Vermes tajribali veteran "bu mavsumda orqa chiziqqa juda yaxshi qo'shilish" bo'lishini aytdi.

Sezar 2012-yil 19-noyabrda Kanzas-Siti tomonidan erkin agent maqomida qo`yib yuborildi.

Toronto FC



2013-yil 14-yanvarda Júlio César " Toronto" klubiga qo'shildi. U ikki oydan so'ng, faqat bitta mavsumoldi o'yinida maydonga tushganidan so'ng qo'yib yuborildi; Shimoliy Amerikadagi faoliyati davomida u asosanyarim himoyachi sifatida o`ynatilgan.

Murabbiylik faoliyati



Nafaqaga chiqqanidan so'ng, Xulio Sezar murabbiy sifatida UEFA Pro litsenziyasini oldi. Shuningdek, u Braziliyadagi Real Madrid fondining elchisi bo'lib ishlagan.

2019-yil yanvar oyida Júlio César Palensiyadagi ispan havaskorlari CD Kristo Atletiko bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Yutuqlar



Real Madrid

Avstriya Wien

Tigres

Olimpiakos

Sporting Kanzas Siti

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz