Jizzax "o‘zeksayd" qo‘shma korxonasi




JIZZAX „OʻZEKSAYD“ QOʻSHMA KORXONASI — 1998-yil „Jizzax akkumulyator“ aksiyadorlik jamiyati negizida Oʻzbekiston-AQSH hamkorligida 147 mln AQSH dollari ustav fondi bilan tashkil etilgan. 2001-yil oxirida Jizzax shahrida ishga tushirildi. Yillik loyiha quvvati 1,0 mln dona har-xil turdagi akkumulyatorlar. Mahsulot AQSH ning ilgʻor firmalari texnologiyalari asosida ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarilgan akkumulyatorlarning yarmini chetga eksport qilish moʻljallangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz