Jizzax mebel fabrikasi




Jizzax mebel fabrikasi -1994-yilda "Oʻzbekmebel" davlat aksiyadorlik birlashmasi tizimida Jizzax sh.da tashkil etilgan. 2001-yildan viloyat hokimligi tasarrufiga oʻtkazilgan. Fabrika sexlarida karavot, shkaf, divan, kreslo, oʻrindiqlar, stol, ishxona jihozlari, oʻquvchilar partalari va mebel mahsulotlari hamda mahalliy xom ashyo (gʻoʻzapoya)dan DVP (yogʻochtola plitalari) mahsulotlari ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning asosiy qismi viloyatdagi isteʼmolchilarga joʻnatiladi. Mebel va mebel mahsulotlari uchun xom ashyo Germaniya, Italiya, Rossiyadan va Boltiqboʻii mamlakatlaridan keltiriladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz