Jizzax davlat pedagogika universiteti
Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU) – Oʻzbekistondagi eng yirik oliy oʻquv yurti va ilmiy tekshirish markazlaridan biri, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tarkibida.
1974-yilning 8-avgust sanasida Oʻzbekiston Respublikasi Maorif vazirligining 256-sonli buyrugʻiga asosan Jizzax davlat pedagogika instituti tashkil etilgan va unga filologiya fanlari doktori, professor Bozorboy O‘rinboyev rektor sifatida tayinlangan. Oʻzbekiston Respublikasi Maorif vazirligining 1989-yildagi tegishli qarori asosida Jizzax davlat pedagogika institutiga oʻzbek romanchilik maktabi asoschisi, atoqli adib Abdulla Qodiriy nomi berilgan.
2022-yil 21-iyunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Pedagogik taʼlim sifatini oshirish va pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi PQ-289 sonli qarori asosida Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika institutiga Jizzax davlat pedagogika universiteti maqomi berildi.
Ayni paytda universitet rektori pedagogika fanlari doktori, professor Shavkat Safarovich Sharipov. Universitet bugungi kunga kelib 13 ta fakultet, 28 ta yoʻnalish va 41 kafedraga ega. Talabalar soni 19273 nafarni tashkil etadi. Universitetda 542 nafar profesor-oʻqituvchilar faoliyat yuritishadi. Taʼlim muassasasida Magisratura va Sirtqi (maxsus sirtqi) boʻlimlar bor. Magistratura boʻlimida 20 ta mutaxassislik mavjud. Muassasaning toʻliq nomi: Abdulla Qodiriy nomli Jizzax davlat pedagogika universiteti. Qisqa nomi: JDPU. Umumiy maydoni 101 766 m² boʻlib, shundan 9 980 m² oʻquv maydoni, 9 100 m² esa yotoqxona maydoni hisoblanadi.
Tarixi
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq Maorif vazirligining 1974-yil 8-avgustdag № 256-sonli buyrugʻi asosida Jizzax davlat pedagogika instituti tashkil topgan. Oliygohni tashkil etishda Oʻzbekiston Respublikasi Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasining birinchi kotibi Sharof Rashidov tashabbus koʻrsatgan. Jizzax davlat pedagogika instituti 1974-yilning sentyabr oyidan boshlab oʻz faoliyatini boshlagan va yangi tashkil etilgan institutda oʻzbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, mehnat taʼlimi, pedagogika va boshlangʻich taʼlim metodikasi kabi dastlabki fakultetlar ish faoliyatini boshlagan. 2 ta fakultetda 5 ta yoʻnalish hamda 6 ta kafedra va 50 nafar professor-oʻqituvchilar jamoasi va 425 nafar talabalar bilan ish boshlagan institutga Samarqand davlat pedagogika instituti (1992-yildan keyin Samarqand Davlat Universiteti) oʻquv ishlari prorektori lavozimida faoliyat koʻrsatayotgan filologiya fanlari nomzodi, dotsent Bozorboy Oʻrinboev birinchi rektor etib tayinlangan.
Institut uchun Jizzax shahridagi hozirgi „Oʻrda“ ekologik bogʻida joylashgan hududda bir va ikki qavatli binolar qurilishi boshlanadi. Sharof Rashidov tashabusi bilan Jizzax davlat pedagogika institutining hozirgi binosiga 1982-yilda qurilish uchun poydevor oʻrni qazildi. Binoning poydevori uchun ilk gʻishtni qoʻyishga Sharof Rashidov taklif qilinadi. 1988-yildan boshlab, institut jamoasi yangi oʻquv binosiga koʻchib oʻtadi. Oʻzbekiston Respublikasi Maorif Vazirligining 1989-yildagi tegishli qarori asosida Jizzax davlat pedagogika institutiga oʻzbek romanchilik maktabi asoschisi, atoqli adib Abdulla Qodiriy nomi berilgan.
Faoliyati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 21.06.2022-yil „Pedagogik taʼlim sifatini oshirish va pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi PQ-289 sonli qaroriga koʻra Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika institutiga Jizzax davlat pedagogika universiteti maqomi berildi.
Ayni paytda Universitet rektori: pedagogika fanlari doktori, professor Shavkat Safarovich Sharipov.
Universitet bugungi kunga kelib 13 ta fakultet, 28 ta yoʻnalish va 41 kafedraga ega. Talabalar soni 19273 nafarni tashkil etadi. Universitetda 542 nafar profesor-oʻqituvchilar faoliyat yuritishadi. Taʼlim muassasasida Magisratura va Sirtqi (maxsus sirtqi) boʻlimlar mavjud boʻlib, Magistratura boʻlimida 20 ta mutaxassislik bor. Jizzax davlat pedagogika universiteti Sirtqi (maxsus sirtqi) boʻlimi Jizzax viloyati, Zarbdor tumani, Boʻston shaharchasida joylashgan. Bugungi kunda boʻlimda Sirtqi (5 yillik) taʼlim shaklidagi hamda II-mutaxassislik taʼlim shaklidagi yoʻnalishlarida talabalar tahsil oladi. Universitet qoshida 1 ta akademik litsey hamda 2 ta texnikum mavjud.
Jizzax davlat pedagogika universiteti qoshidagi Akademik litsey
Jizzax davlat pedagogika universiteti akademik litseyi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va Oʻrta maxsus taʼlim Vazirligining 30-aprel 2001-yil № 96 sonli buyrugʻi bilan tashkil etilgan. Akademik litseyida 4 ta oʻqitish yoʻnalishi boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari olib boriladi va 89 nafar malakali oʻqituvchilar oʻquvchilarga taʼlim berib kelmoqda. Jizzax viloyatidagi oliy oʻquv yurtlarning turdosh kafedralari bilan hamkorlik shartnomalari imzolangan boʻlib, litseyda „Tabiiy fanlar“, „Xorijiy tillar“, „Aniq fanlar“ va „Ijtimoiy gumanitar fanlar“ kafedralarining filiallari tashkil etilgan.
Jizzax davlat pedagogika universiteti huzuridagi Gʻallaorol xizmat koʻrsatish va servis texnikumi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentyabrdagi „Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora tadbirlar toʻgʻrisidagi“ PF-5812 sonli farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirining 2020-yil 30-iyundagi oliy taʼlim muassasalari huzuridagi texnikumlar faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi 355-sonli buyrugʻi asosida tashkil etilgan. 720 oʻringa moʻljallangan texnikumda 212 nafar talaba yoshlarga 6 yoʻnalish boʻyicha 19 nafar oliy malumotli Pedagog xodimlar taʼlim tarbiya berishadi.
Rektorlar
Mashhur bitiruvchilar
Xalqaro hamkorlik
Jizzax davlat pedagogika universitetining taʼlim sohasida xalqaro aloqalarni rivojlantirish va dunyo boʻyicha rivojlangan davlatlarning tajribasini oʻrganishda quyidagi vazifalarni oʻz ichiga oladi:
Taʼlim sohasidagi xalqaro hamkorlik Janubiy Koreya Respublikasi, Angliya, Fransiya, Rossiya Federatsiyasi, Belorusiya, Turkiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Hindiston va boshqa qator davlatlar bilan hukumatlararo va shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Ushbu shartnomalar professor oʻqituvchilar va talabalar almashinuvi, ularning turli konferensiya va simpoziumlarda ishtirok etishi, qoʻshma ilmiy tadqiqotlar olib borish, ilmiy maqolalar chop ettirish va hokazo vazifalarni koʻrib chiqadi. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Xitoy Xalq Respublikasining Taʼlim Vazirligi oʻrtasida 1999-yil 8-noyabrda belgilangan „Taʼlim sohasida hamkorlik“ toʻgʻrisidagi shartnoma doirasida Xitoy oliy taʼlim muassasalarida Oʻzbekistonning qator oliy taʼlim muassasalaridan 40 ta talaba, fan nomzodlari va yosh mutaxassislar amaliyot oʻtamoqdalar.
Oliy taʼlim muassasasi Britaniya Kengashi, Koreyaning xalqaro hamkorlik boʻyicha agentliklari, Hindiston texnik hamkorlik dasturi, BMTning rivojlanish dasturi va boshqalar bilan yaqindan aloqa oʻrnatgan. Ushbu barcha dastur va loyihalar JDPUda oliy taʼlimni rivojlantirish, ilgʻor xorijiy tajribani qoʻllagan holda oʻquv-metodik jarayonni takomillashtirish, professor oʻqituvchilarning malakasini oshirish, talabalar almashinuvini kengaytirishga yoʻnaltirilgan.
Shuningdek JDPU Yevropa Ittifoqining Erasmus Mundus nomli taʼlim dasturlarida faol ishtirokini alohida taʼkidlash joiz. Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari hamda JDPU Yevropa Ittifoqining talabalar, oʻqituvchilarning akademik tezkorligi, universitetlar oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan Erasmus Mundus dasturida ham ishtirok etadi. Dasturlar doirasida talaba va oʻqituvchilar Yevropa oliy taʼlim muassasalarida ilmiy amaliyot oʻtash imkoniyatiga ega boʻlishadi.
Hozirgi kunda xorijiy oʻqituvchi va mutaxassislarni oʻquv jarayoniga jalb qilish boʻyicha xorijiy sheriklar bilan hamkorlikka katta eʼtibor qaratilmoqda. Mazkur yoʻnalishdagi eng faol ish Koreyaning xalqaro hamkorlik boʻyicha agentligi KOICA bilan olib borilmoqda. Shuningdek Jizzax davlat pedagogika universiteti ikkita xorijiy oliy taʼlim muassasasi bilan qoʻshma taʼlim dasturlariga ega bular, Belorusiyaning Baranovich universiteti bilan „2+2“ koʻrinishida hamda Belorusiya davlat pedagogika universiteti bilan „3+1“ koʻrinishida.
Reytingda
Manbalar
uz.wikipedia.org