Jizzah shahridagi Prezident maktabi




Jizzax shahridagi Prezident maktabi („Prezident taʼlim muassasalari agentligi“ saytida Jizzax shahridagi Prezident maktabi ) — 2021-yil 15-noyabr kuni Jizzax shahrida ochilgan zamonaviy taʼlim muassasasi. Maktabda darslar STEAM yoʻnalishiga oid oʻquv qoʻllanma va darsliklar orqali olib boriladi. Maktabga Buyuk Britaniya, Hindiston, Pokiston, Xorvatiya, Filippin va Shotlandiya kabi xorijiy davlatlardan mutaxassislar jalb qilingan. Ular bilan birga 32 nafar mahalliy oʻqituvchilar faoliyat yuritadi. Prezident maktablari uchun kirish imtihonlari Cambridge universitetining Cambridge Assessment International Education imtihon kengashi tomonidan oʻtkaziladi.

Ochilish tarixi



Jizzax shahridagi ushbu oʻquv muassasasi rasman 2021-yil 15-noyabrda ochilgan. Ochilish marosimida viloyat hokimligi masʼullari, sektor rahbarlari, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori Hilola Umarova, Oliy Majlis Senati aʼzolari va mexnat faxriylari qatnashgan. Oʻquv kompleksi qurilishi uchun davlat byudjetidan 70 milliard 700 million soʻm sarflangan. Kompleks tarkibida 168 oʻrinli oʻquv binosi, shuncha oʻrinli yotoqxona, 120 oʻrinli oshxona, sport zali, bosseyn va 10.000ga yaqin kitobni oʻzida jamlagan kutubxona mavjud. Maktab bitiruvchilari shahodatnoma, attestat, shuning bilan birga xalqaro darajadagi dastur diplomiga ega boʻlishi mumkin.

Qulayliklar



Maktab oʻquvchilari 5 mahal ovqat, bepul maktab formasi va bepul yotoqxona bilan taʼminlanadi. Oʻquvchilar darsdan boʻsh paytida kompyuterda ishlashlari uchun zarur shart sharoitlar yaratilgan. Sinfxonalar smart doskalar bilan jihozlangan. Barcha turdagi sport anjomlariga ega sport zali, basketbol va futbol maydonchalari ham mavjud.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz