Jizza
Jizza — oʻz yogʻida qovurilgan toʻgʻramcha dumba. Qoʻyning yogʻi (dumba) toʻgʻri toʻrtburchak shaklida toʻgʻralib, past olovda qovuriladi, soʻngra yogʻlari erib, yogʻ toʻqimalari va qoldiq yogʻlardan J. hosil boʻladi. Asosan qoʻyning dumbasidan tayyorlanadi, shuningdek, qoramol va b. hayvon yogʻi eritilib ham J. olinadi. Dumba J.si issigʻida tuz va piyoz aralashtirib, non bilan yeyiladi yoki hamirga solib J.li non (patir) yopiladi. Xalq tabobatida J.ni oʻrik, bodom yoki yongʻoq magʻzi bilan birga tuyilib, yara-chaqani davolashda (malham sifatida) ham ishlatiladi.
Manbalar
uz.wikipedia.org