Jizel Freund




Gisèle Freund 1908-yil 19-dekabr Berlin, Schöneberg tumanida tugʻilgan. Ammo 2000-yil 31-mart Parijda vafot etgan, chunki uning ota-onasi Fransiya koʻchib oʻtishgan va shu yerda istiqomat qilishgan. Asli millati nemis boʻlasada, uni fransuz fotografi va fotojurnalisti deb bilishadi. Uning hujjatli fotografiyasi hamda yozuvchilar va rassomlarning portretlarini olgan fotosuratlari ancha mashhur. Uning eng mashhur kitobi Photographie va société(1974) asaridir. 1977-yilda u Fransiya Fotosuratchilar uyushmasining prezidenti boʻlgan va 1981-yilda u Fransiya Prezidenti Fransua Mitteranning rasmiy portretini olgan.

U 1982-yilda „Officier des Arts et Lettres“ unvoniga sazovor boʻlgan va 1983-yilda Fransiyadagi eng yuqori mukofot — Chevalier de la Legion d’honneurni olishga muvaffaq boʻlgan. 1991-yilda u Parijdagi Milliy d’art Moderne muzeyida (Jorj Pompidu markazi) retrospektiv unvon bilan taqdirlangan birinchi fotograf hisoblanadi.

Freundning hujjatli reportaj uchun Leica Camera (36 kadrni bitta plyonkaga joylashtira olish) va Kodachrome va 35 kameralari bilan dastlabki tajribalaridan foydalanganligi fotografiyaga qoʻshgan katta hissasi hisoblanadi. Agfacolor uslubi, unga 20-asr fotografiyasida „oʻziga xos samimiy portret uslubini“ rivojlantirishga imkon bergan

U Fransiyaning Parij shahridagi Monparnas qabristonida dafn etilgan.

Biografiyasi




Freund 1908-yil 19-dekabrda Berlinning Sheneberg tumanidagi badavlat yahudiylarJulius va Klara (niyasi Dressel) Freundlarning oilasida tug‘ilgan.

Uning otasi Yuliy Freund fotografiya sohasiga qiziqadigan sanʼat kollektori boʻlgan. Jizelga oʻzining birinchi kamerasi Voigtländerni otasi 1930-yilda uning bitiruv marosimi uchun sovg‘a sifatida bergan.

1931-yilda Freund Germaniyada Albert-Ludwigs-Universität Freiburg, Breisgau universitetlarida sotsiologiya va sanʼat tarixi boʻyicha tahsil olgan. 1932 va 1933-yillarda Frankfurt Ijtimoiy fanlar institutida Teodor V. Adorno, Karl Mannxaym va Norbert Elias qoʻl ostida tahsil olgan. Universitetda u talabalar sotsialistik guruhining faol aʼzosi boʻladi va fotografiyadan sotsialistik amaliyotining ajralmas qismi sifatida foydalanishga qaror qiladi.

Koʻrgazmalari




Gisèle Freund tomonidan nashr etilgan kitoblar




Mukofotlari




Kino va televidenie



1996-yilda suratga olingan " Parij ayol edi " hujjatli filmi Jizel Freundning 1930-yillarda Parijdagi hayoti va ijodiy faoliyatini oʻz ichiga olgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz