Jiyron qarqara




Jiyron qarqara , qizil qoʻton (Ardea рифигеа) — uzun oyoqlilar turkumining qarqaralar oilasiga mansub qush. Osiyoda, Yevropaning janubida va Afrikada tarqalgan. Oʻzbekistonda Sirdaryo, Amudaryo atroflarida, Chirchiq va Ohangaron vodiylarida uchraydi. Qamishzorlarga, baʼzan butazorlarga uya soladi. 3—5 ta tuxum qoʻyadi. Boshidagi pati va uzun kokilining binafsha rangli hamda qanotining atrofidagi patlar qizil boʻlishi bilan oq va koʻk qarqaradan farq qiladi. Baliq, baqa, kaltakesak va har xil hasharotlar bilan oziqlanadi. Chigirtka, sichqon va kalamushlarni qirib, foyda keltiradi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz