Jiydasoy




Jiydasoy — Namangan viloyati Pop tumanidagi soy. Sirdaryoning oʻng irmogʻi. Qurama tizmasining jan.sharqiy yon bagʻridan boshlanadi. 30 dan ortiq irmogʻi bor. Uz. 25 km. Yuqori qismida tor va ancha chuqur vodiyda, juda nishab toshloq oʻzanda oqadi. Bahorning seryogʻin oylarida suvi koʻpayadi, baʼzan sel keladi. Yozda suvi juda ozayib ketadi. J. suvi sugʻorishga sarflanishi tufayli, uning etak qismida koʻpincha suv boʻlmaydi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz