Jitomir




Jitomir — Ukrainadagi shahar, Jitomir viloyatining markazi. Teterev daryosi (Dnepr irmogʻi) sohilida. Shosse va temir yoʻllar tuguni. Aeroport bor. Aholisi 302,3 ming kishi (1997). 9-asrda asos solingan. Mashinasozlik va metallsozlik (elektr oʻlchov asboblari ishlab chiqarish birlashmasi, stanok avtomatlar, uy-roʻzgʻor priborlari zavodlari), yengil sanoat (zigʻir tola kombinati), oziq-ovqat sanoati (un korxonalari, goʻsht va konserva kombinatlari), yogʻochsozlik (mebel kombinati, musiqa asboblari fabrikasi), kimyoviy tola, dorivor oʻsimliklar xom ashyolari zavodlari ishlab turibdi. 2 oliy oʻquv yurti, musiqali drama teatri, qoʻgʻirchoq teatri, filarmoniya, oʻlkashunoslik, tabiat muzeylari, yozuvchi V. G. Korolenko, akademik S. P. Korolyov uy-muzeylari bor.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz