Jitiqara (tuman)
Jitiqara tumani - Qoʻstanoy viloyatining gʻarbiy tomonida joylashgan. Maydoni 7,3 ming km². Aholisi 51,15 ming kishi (2010). Tuman markazi — Jitiqara shahri.
Iqlimi
Iqlimi keskin kontinental, yanvar oyining oʻrtacha harorati −17 °C, iyulniki 20 °C atrofida. Yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori hsarqdan gʻarbga tomon 250 mm-dan 350 mm-gacha oʻzgaradi.
Aholisi
Tuman aholisi 2010-yilgi maʼlumot boʻyicha 51,15 ming kishi, oʻrtacha zichligi 1 km² -ga 8 kisidan toʻgʻri keladi. Aholisining 68 %-i shaharda va shahar uslubidagi qishloqlarda istiqomat qilishadi (Jitiqara shahri va Prigorodniy qishlogʻi). Katta qishloqlari: Toqtarov, Chaykovskoe, Turgenevka, Miqtikoʻl, Milyutinka, Jaltirkoʻl, v.h.
Tuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2010-yil):
Korxonalari
Sanoati „Kostanayasbest“ aksionerlik jamoati, davlat „Jitiqara jilu energetikaliq kompaniyasi“ gʻaznachilik korxonasi, „Buludov“ xususiy korxonasi, shuningdek non, sut zavodlari, v.h. korxonalari faoliyat yuritmoqda. Jitiqara tumanining qishloq xoʻjaligiga foydalanadigan yeri 440,5 ming ga, shulardan haydalgan eri 259,2 ming ga, yaylovlari 180,0 ming ga (2000).
Ijtimoiy soha
Tumanda 30 ta maktab, 1 madaniyat uyi, 2 ta kutubxona, 1 tuman kasalxonasi, 18 feldsher-akusherlik, 6 shifokor-ambulatoriyalik punktlar faolayt yuritadi. iqtisodiy-ijtimoiy aloqalari Qoʻstanoy — Jitiqara temir yoʻli bilan va Qoʻstanoy — Jitiqara, Jitiqara — Zabelovka, Jitiqara — Volgogradskoe — Jaltirkoʻl avtomobil yoʻllari orqali amalga oshiriladi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org