Jitin Prasad




Jitin Prasad — hind siyosatchisi va Bharatiya Janata partiyasi aʼzosi hisoblanadi. Jitin Prasad o‘tmishda Hindiston hukumatining turli bo‘limlarida vazir bo‘lgan. 2021-yilning 9-iyunidan Jitin Prasad Hindiston temir yoʻl vaziri va BJPning yuqori martabali yetakchisi Piyush Goyal oldida Hindiston Milliy Kongressini tark etdi va Bharatiya Janata partiyasiga qoʻshildi. Jittin Prasadning otasi Hindiston bosh vazirlaridan birining maslaxatchisi bo'lgan.

Akademik va shaxsiy hayot



Jitin Prasad ta'limning ilk bosqichini dastlab Uttarakxanddagi Dehradun shahrida joylashgan Doon davlat maktabida olgan va Dehli universitetida B.Com va Xalqaro menejment institutida MBA darajasini tamomlagan.

Jitin Prasadning otasi Jitendra Prasad (Baba Sohib)Hindistonning o'sha paytdagi Bosh vaziri Rajiv Gandi (1991),P.V.Narasimha Rao (1994), Uttar-Pradesh Kongress qo'mitasining shtat prezidenti (1995) va vitse- prezidentning siyosiy maslahatchisi bo'lgan.Hindiston Milliy Kongressi o'tdi .

Siyosiy hayot



Avvaliga Jitin Prasad 2001-yildan Hindiston Yoshlar Kongressining kotibi bo'lib o'z faoliyatini boshlagan, keyin 2004 yilda u o'z uyi Lok Sabha o'rindig'i Shahjahanpurdan 14-Lok Sabha saylovlarida omadini sinab ko'rdi va g'alaba qozondi.

Jitin Prasad birinchi marta 2008-yilda Hindiston hukumatida po'lat bo'yicha ittifoq davlat vaziri etib tayinlangan.Shundan so'ng, 2009-yilda Jitin Prasad 15 Loksabxa saylovida Dhaurahradan ishtirok etdi va bu saylovda 184,509 ta ovoz bilan g'alaba qozondi.

Jitin Prasad 2009-yildan 2011-yil 18-yanvarigacha Avtomobil transporti va avtomobil yoʻllari vazirligida, 2011-yil 19-yanvardan 2012-yil 28-oktabrgacha Neft va tabiiy gaz vazirligida va 2012-yilning 28-oktabridan maygacha Inson resurslari va rivojlanish vazirligida ittifoq davlat vaziri lavozimlarida ishlagan. 2014-yil UPA hukumatida o'z faoliyatini davom ettirgan.

Jitin Prasad Shohjahanpur, Lakhimpur va Sitapur shtatlarida juda mashhur rahbar hisoblanadi. Bundan tashqari Jitin Prasad Uttar-Pradeshda tinchliksevar va taraqqiyot siyosati bilan mashhur.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz