Jish jo`ja ochuvchi qushlar




Jish joʻja ochuvchi qushlar -tuxumdan kuchsiz, oyoq muskullari yaxshi rivojlanmagan, koʻzi yumuq, tana harorati barqaror boʻlmagan joʻja ochuvchi qushlar. J. j. o. q.da nasli toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik yaxshi rivojlangan. Nari va modasi ancha mukammal in quradi, joʻjalarini boqadi, oʻz tanasi bilan isitadi, quyosh taftidan himoya qiladi. Joʻjalarini uyasida 10—14 kundan (mayda chumchuqsimonlar) 3 oygacha (yirik yirtqich qushlar) boqadi. J. j. o. q. koʻpincha daraxtlar va butalarda, binolarning boʻgʻotlarida in quradi (chumchuqsimonlar, qizilishtonsimonlar, kaptarsimonlar, kakkusimonlar, toʻtiqushlar). J. j. o. q. joʻjasining tanasi siyrak pat bilan qoplangan, tumshugʻi sargʻish. Ammo laylaksimonlar, nayburunlilar, lochinlar va boyqushlar joʻjasining tanasi qalin pat bilan qoplangan, koʻzi ochiq (boyqushlar joʻjasiniki yopiq) boʻladi. J. j. o. q. kam tuxum qoʻyadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz