Jirm




Jirm , Jurm — Badaxshontdagi oʻrta asr shaharlaridan biri. Fayzobod (Afgʻoniston)dan 30 km jan.-sharqda joylashgan. Mahalliy rivoyatlarga koʻra, qadimda J. Golan deb atalib, Badaxshondagi qalʼalar ichida eng yirigi boʻlgan. Tarixiy manbalar ("Shohnoma")da ilk bor 5—6-asrlarga oid voqealar munosabati bilan qayd etilgan. 9-asrda J. Balx viloyatining Tibetga boradigan sharqdagi eng chekka shaqri hisoblanib, uning jome macjidi boʻlgan. Arab geografi Yoqut Hamaviyning taʼkidlashicha, J. Badaxshonning bosh shahri boʻlgan. 10-asrda somoniylar davrida J.da zarbxona mavjud boʻlib, unda kumush tangalar zarb qilingan. 20-asr bo-shida Koʻkcha daryosining har ikki sohilida joylashgan J.ning katta bozori va bir necha karvonsaroyi boʻlgan. Hozirda J. Afgʻoniston Badaxshonidagi keng tumanning maʼmuriy markazi hisoblanadi.

Adabiyot




Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz