Jirgatol tumani
Laxsh tumani (tojikcha: ноҳияи Лахш) - Tojikistondagi respublikaga boʻysunuvchi tumanlarning biridir. Maʼmuriy markazi — Vaxdat shaharchasi.
1931-yilning 10-martida Tojikiston SSRning tarkibida Jirgʻatol tumani tashkil etilgan. 1939-1955 yillarda Garm tumani tarkibiga kirgan. Tojikiston Respublikasi Hukumatining 2016-yilning 2-fevralidagi 29-sonli qarori va Tojikiston Respublikasining Milliy Majlisining 2016-yilning 3-martidagi 204-sonli qarori bilan Jirgatol tumani Laxsh tumani deb qayta nomlangan. .
Geografiyasi
Laxsh tumani Rasht vodiysida joylashgan. Shimolida Qirg'izistonning Botken viloyati, G'arbda - Rasht tumani, janubda - Tojikobod va Sangvor tumanlari bilan, sharqda - Qirg'izistondagi O'sh viloyatining Chon-Oloy tumani va Tojikistondagi TBMVning Murgab tumani bilan chegaradosh.
Aholisi
Aholi soni 2016-yilning 1-yanvar holatiga koʻra 61300 kishinin tashkil qiladi, shu jumladan Vahdat shahrida — 9,8% yoki 6000 kishi.
Laxsh tumani hududi aholisining salmoqli qismini tashkil qilgan tojik millati vakillari bilan aralashgan qirgʻiz xalqining anʼanaviy yashash joyi boʻlib hisoblanadi.
Tojikiston Respublikasining Murgʻob qirgʻizlaridan farqli oʻlaroq, laxsh qirgʻizlarining turmush darajasi anʼanaviy ravishda yuqori boʻlib hisoblanadi. Bu hududda tojik-qirg‘iz aralash nikohlarining ko‘plig sabab mahalliy qirg‘izlarning qayrilman maqomida Qirg‘izistonga ko‘chib o‘tishga unchalik moyilmasligidan dalolalat beradi.
Hududiy boʻlinishi
Laxsh tumani tarkibiga 1 shahar tipidagi (tojikcha: шаҳрак) Vahdat qishlogʻi va 8 qishloq jamoati kiradi (tojikcha: ҷамоат):
Manbalar
uz.wikipedia.org