Jiqtoqlar




Jiqtoqlar (Glareola) — baliqchilar turkumi urugʻiga mansub qushlar. Tanasining uz. 25 sm gacha. Tumshugʻi kalta, ogʻzining kattaligi bilan boshqa balchiqchilardan farq qiladi. 7 turi bor. Yevropa, Osiyo, Afrikada (qishda Avstraliyada ham) uchraydi. Oʻzbekistonda 2 turi yashaydi. Dalalar, choʻllar va oʻtloqlarda tarqalgan. Yozda uchib kelib, qishda uchib ketuvchi qushlardan. Odatda, toʻdalashib uya soladi. Hasharotlar bilan oziqlanadi. Chigirtka va b. zararkunandalarni qirib, foyda keltiradi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz