Jiq-jiq




Jiq-jiq (Scotocerca inquieta) — chumchuqsimonlar turkumining moyqutlar oilasiga mansub kichkina qush, vazni 8—9 g . Choʻl va dashtlardagi past boʻyli butalar orasida yashaydi. Yulgʻun, baʼzan shuvoqlar orasiga in quradi. Oʻzbekistonda Qizilqumda uchraydi. Mart—iyunda 5—8 tadan tuxum qoʻyadi. Yozda hasharotlar, qishda oʻsimlik urugʻi bilan oziqlanadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz