JIQ-JIQ (Scotocerca inquieta) — chumchuqsimonlar turkumining moyqutlar oilasiga mansub kichkina qush, vazni 8-9 gramm. Cho’l va dashtlardagi past bo’yli butalar orasida yashaydi. Yulg’un, ba’zan shuvoqlar orasiga in quradi. O’zbekistonda Qizilqumda uchraydi. Mart—iyunda 5-8 tadan tuxum qo’yadi. Yozda hasharotlar, qishda o’simlik urug’i bilan oziqlanadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish