Jinsiy xromosomalar
Jinsiy xromosomalar — ayrim jinsli organizmlarda har xil jinslarga kiruvchi individlarning kariotiplaridagi farqlarni belgilovchi xromosomalar.
X (iks) bilan belgilangan ikkita bir xil jinsiy xromosomalarga ega boʻlgan organizmlar gomogametali jins deb ataladi. Odam, sut emizuvchilar, bir qancha hasharotlar, maye, drozofilada urgʻochisi gomogametali, yaʼni
XX xromosomali, erkaklari geterogametali hisoblanadi. Geterogametali jins xromosomalari
XU (XU tipi) yoki yagona
X xromosomaliga (XO tipi) ega boʻladi. Meyozda gomogametali jins faqat bir xil, yaʼni X xromosomali gametalarni, geterogametali jins teng miqdorda
X va
U xromosomali gametalarni hosil qiladi (XU tipida). XO tipida hujayralarning teng yarmi xromosomali, qolgan yarmi jinsiy xromosomaga ega boʻlmaydi. Tuxum hujayra X xromosomali urugʻ xujayra bilan urugʻlanganida zigota
XX xromosomali boʻlib, undan urgʻochi organizm, U xromosomali urugʻ bilan urugʻlanganida esa zigota XU xromosomali boʻlib, undan erkak organizm rivojlanadi. Qandala va chigirtkalarning urgʻochisi gomogametali (
XX ), erkaklari, aksariyat hollarda, geterogametali (XO) boʻladi. Qushlar, kapalaklar, ayrim sudralib yuruvchilar, suvda va quruqlikda yashovchilarning urgʻochilari geterogametali (XU), erkaklari gomogametali (
XX )dir. Bunday hollarda tuxum hujayralar
X yoki
U xromosomaga, urugʻ hujayralari esa faqat bir xildagi
X xromosomaga ega boʻladi.
Yana qara
Manbalar
uz.wikipedia.org