Jinsiy ko'payish




Jinsiy koʻpayish - urgʻochi va erkak jinsiy hujayralar — gametalarning qoʻshilishidan hosil boʻladigan zigotadan yangi organizmning rivojlanishi, organizmlar koʻpayishining har xil shakllari. Jinsiy koʻpayishda genetik jihatdan har xil gametalarning urugʻlanish jarayonida qoʻshilishi tufayli bir-biriga oʻxshamaydigan organizmlar paydo boʻladi, yaʼni urugʻning oʻzgaruvchanligi ortadi. Evolyusiya jarayonida Jinsiy koʻpayishning kelib chiqishi gametalarning differensiatsiyasi va organizmlarda jinsiy belgilarning rivojlanishi bilan bogʻliq. J. k. barcha eukariotlar uchun xos boʻlsada, biroq hayvonlar va yuksak oʻsimliklarda koʻp uchraydi. Infuzoriyalar va ayrim bakteriyalar uchun xos boʻlgan konʼyugatsiya jarayoni ham irsiy material almashinuvidan iborat boʻlgani tufayli genetik jihatdan Jinsiy koʻpayishga yaqin turadi. Jinsiy koʻpayishning partenogenez shakli evolyusion jihatdan keyinroq paydo boʻlgan. Hayvonlar orasida ayrim jinsli turlari bilan bir qatorda germafroditlar ham koʻp uchraydi. Gametalarning shakli, katta-kichikligi va harakatchanligiga binoan Jinsiy koʻpayishning izogamiya, oogamiya, geterogamiya shakllari boʻladi.

Yana qara




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz