Jinsiy jinoyatlar




Jinsiy jinoyatlar — jinsiy erkinlik va daxlsizlikka jinoiy tarzda tajovuz qilish. Jinoyat huquqiga binoan, jamiyatda shakllangan jinsiy axloq qonun-qoidalarini qoʻpol ravishda buzgan shaxslar qonunga koʻra tegishlicha jazolanadi. Oʻzbekiston Respublikasi JKga muvofiq, quyidagi qilmishlar J. j. sirasiga kiradi: nomusga tegish; jinsiy ehtiyojni zoʻrlik ishlatib, gʻayritabiiy usulda qondirish; besoqolbozlik; ayolni jinsiy aloqaga majbur etish; 16 yoshga toʻlmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish. Bu xil jinoyatlar, odatda, jabrlanuvchiga zoʻrlik ishlatib, qoʻrqitib, ruhiy zaifligidan, yoshligidan foydalanib sodir etiladi. J. j. uchun qattiq jazo belgilangan (Oʻzbekiston Respublikasi JK 118—121, 128—129 moddalar).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz