Jinoyatchilik sabablari toʻgʻrisida genetik nazariya




Jinoyatchilik sabablari toʻgʻrisida genetik nazariya  — shaxslarning jinoyat sodir etishga moyilligi gendan oʻtishi va tugʻma boʻlishi haqidagi nazariya hisoblanib, uning asoschisi italiyalik psixiator vrach proffessor Chezare Lombrozo (1835-1909-yillar) fikrigab koʻra, jinoyat huddi Insonning tugʻilishi va oʻlishi kabi tabiiy va zaruriy hodisadir, jinoyatchilikning yuz berishi biologik holat. U oʻzining „Jinoyatchi odam“, „Jinoyat: uning sabablari va davolash vositalari“ nomli asarlarida jinoyatchilikning tugʻma ekanligini isbotlashga urinadi.
Jinoyat sodir etishda moyillik tugʻma xususiyatga ega ekanligi haqidagi fikrning tarafdorlari Rafael Garofalo, Enriko Ferri, O. Langelar fikricha, koʻpgina ruhiy xususiyatlar avloddan-avlodga oʻtib kelgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz