Jinoyat ijroiya kodeksi




Jinoyat ijroiya kodeksi (JIK) — jinoiy jazolarni ijro etish va oʻtash tartibi hamda shartlarini belgilab beruvchi jinoyat ijroiya qonun hujjatlari majmui. Oʻzbekistan Respublikasi JIK 1997-yil 25 aprelda tasdiqlanib, shu yil 1 oktabrdan amalga kiritilgan. JIK umumiy va maxsus qismlardan, 9 boʻlim, 34 bob, 197 moddadan iborat. Ularda, shuningdek, JIKga muvofiq qabul qilinadigan boshqa qonun hujjatlarida jinoiy jazoni, boshqa jinoiy-huquqiy taʼsir choralarini ijro etish prinsiplari, tartibi va shartlari koʻrsatilgan; mahkumlarning huquqiy maqomi; mahkumlarni axloqan tuzatish vositalari hamda ularni qoʻllash; mahkumlarni jazoni oʻtashdan ozod qilish; jazoni ijro etuvchi muassasa va organlar faoliyati tartibi; mahkumlarni axloqan tuzatishda davlat hokimiyati va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxona, muassasa, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va fuqarolarning ishtiroki belgilab berilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz