Jingle Bell Rock




Jingle Bell Rock “ — Amerikaning mashhur Rojdestvo qoʻshigʻi. Qoʻshiq birinchi marta 1957-yilda Bobby Helms ijrosida omma eʼtiboriga havola qilingan. Oʻshandan beri qoʻshiq har bir Rojdestvo mavsumi arafasida Amerika televideniyasida tez-tez efirga uzatilib kelinmoqda. „Jingle Bell Rock“ qoʻshigʻining matni Joseph Carleton Beal (1900-1967) va James Ross Boothe (1917-1976) tomonidan yaratilgan.

Helms ijrosi



"Jingle Bell Rock" qoʻshigʻi koʻpgina sanʼatkorlar tomonidan ijro etilgan. Ular orasida eng mashhur ijro Paul Cohen ijrosidagi „Jingle Bell Rock“ qoʻshigʻining dastlabki versiyasi hisoblanadi. Qoʻshiqning Paul Cohen ijrosidagi versiyasi 1957-yilda tayyorlangan. Qoʻshiqning nomi va uning baʼzi soʻzlari eski Rojdestvo qoʻshigʻi „Jingle Bells“ ning kengaytmasi hisoblanadi.

Helms ijrosidagi qoʻshiqning dastlabki versiyasi 1957-yil oktyabr oyida „Decca 9-30513“ leyblida yozilgan. Ushbu ijro keyinchalik 1965-yilda „Kapp K-719“ leyblida va 1967-yilda „Little Darlinʼ LD-0038“ leybllarida qayta yozilgan. 1970-yilda Helms „Certron C-7013“ leyblida „Jingle Bell Rock“ nomli yangi albom chiqardi. Helms keyinchalik qoʻshiqni „Certron C-10021“ leyblida, „Gusto Records“ uchun „Power Pak“ leyblida va „Ashley AS-4200“ leybllarida qayta chiqargan. 1983-yilda Helms „Black Rose 82713“ leyblida „Jingle Bell Rock“ qoʻshigʻining soʻnggi yozuvini chiqardi.

D-TV Helms ijrosidagi „Jingle Bell Rock“ qoʻshigʻining oxirgi versiyasini (1983-yilgi) "The Walt Disney" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan „One Upon a Wintertime“, "Melody Time" va "On Ice" qisqa metrajli filmlarida foydalandi.

Koverlari



1999-yilda George Strait oʻzining „Merry Christmas Wherever You Are“ deb nomlangan albomi uchun „Jingle Bell Rock“ qoʻshigʻinining koverini ijro etdi. 1983-yilda „Jingle Bell Rock“ qoʻshigʻining Hall & Oates ijrosidagi yangi kover versiyasi eʼlon qilindi. Aaron Tippin 2002-yilda oʻzining „A December to Remember“ nomli albomi uchun „Jingle Bell Rock“ qoʻshigʻining koverini ijro qilgan. „Jingle Bell Rock“ qoʻshigʻining yangi kover versiyalarini 2008-yilda Rascal Flatts va 2012-yilda Blake Shelton va Miranda Lambertlar ijro qilishdi.

Chartlar va savdo koʻrsatkichlari



Qoʻshiqning Helms ijrosidagi dastlabki versiyasi "Billboard"ning „Most Played C&W by Jockeys“ chartida 13-oʻrinni egalladi. Shuningdek, „Jingle Bell Rock“ qoʻshigʻi 1958-yilgi „Billboard“ chartida eng koʻp sotilgan qoʻshiqlar („Best Sellers in Stores“) roʻyxatida 6-oʻrinni egalladi. „Jingle Bell Rock“ qoʻshigʻi „Cashbox“ jurnalida haftaning „Top 60“ musiqasi roʻyxatida 11-oʻrinni egalladi.

Helms ijrosidagi „Jingle Bell Rock“ qoʻshigʻi 2016-yil „Billboard Hot 100“ chartida 29-oʻrinni egalladi. 2019-yil yanvar oyida Helms ijrosidagi qoʻshiq „Billboard Hot 100“ chartida birinchi marta 8-oʻrinni egalladi. Bu natija bilan Helms „Billboard Hot 100“ chartining „Top 10“ taligiga „yaratilganidan keyin eng uzoq vaqtdan soʻng kiritilgan qoʻshiq“ rekordini yangiladi. Chunki qoʻshiq chartga 1958 yilda birinchi kirishidan keyin 60 yil, toʻrt oy va ikki haftadan soʻng „Top 10“ talikka kirgan edi. Helms ijrosidagi „Jingle Bell Rock“ qoʻshigʻi 2020-yil 4-yanvardagi chartda 3-oʻrinni egalladi.

Bobby Helms



Haftalik chartlar

Yil yakunlari chartlari

Hall & Oates koveri



1983-yilda „Hall & Oates“ guruhi ijrosidagi „Jingle Bell Rock“ qoʻshigʻining yangi koveri eʼlon qilindi. „Hall & Oates“ guruhi ijrosidagi yangi kover 2005-yilda "Hot 100 Recurrents" chartida 30-oʻrinni, 2008-yilgi "Billboard"ning „Holiday Airplay“ chartida 6-oʻrinni va 2011-yil 10-dekabrda „Hot Holiday Songs“ chartida 24-oʻrinni egalladi. „Hall & Oates“ guruhi ijrosidagi „Jingle Bell Rock“ qoʻshigʻining ikkita musiqiy videosi mavjud.

Haftalik chartlar




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz