Jing'ilsoy
Jingʻilsoy — Navoiy viloyati Nurota tumanidagi soy. Nurota togʻ tizmasining gʻarbiy tarmogʻi — Qoratogʻning shim. yon bagʻirlaridagi (880 m) buloqlardan boshlanib, asosan gʻarbiy va shim. yoʻnalishda oqadi. Uz. 30 km, havzasining mayd. 71 km boʻlib, Qizilqum choʻli bilan tutashib ketgan past togʻlarda joylashganligidan kam suvli. Kuchli jala quyganda va erta bahorda J. toʻlib oqadi, yozda suvi kamayadi va qurib qoladi. Yuqori oqimida, ayrim joylarida buloq, suvlari chiqib turadi.
Manbalar
uz.wikipedia.org